вторник, 2 августа 2016 г.

Mol-mulk solig‘i va uni to‘lash tartibi haqida

Mamlakatimizda xususiy mulkni rivojlantirish va har bir fuqaroga o‘z mol-mulkiga ega bo‘lish uchun barcha qonuniy va huquqiy asoslar yaratib berilgan. Bu borada ayrim toifadagi fuqarolarga bir qator imtiyoz va preferensiyalar ham ko‘zda tutilgan. Ayni vaqtda o‘z tasarrufidagi mol-mulk uchun belgilangan tartibdagi soliqlarni to‘lash mulk egalari zimmasidagi majburiyat ham hisoblanadi.Quyida mol-mulk solig‘i va ushbu soliq turining qanday hisoblanishi, nimaga asosan to‘lanishi va nimalarga sarf etilishi yuzasidan batafsil ma’lumot va tushuntirish berib o‘tamiz.Jismoniy shaxslar tomonidan to‘lanadigan mol-mulk solig‘i mahalliy soliqlar tarkibidagi asosiy soliq turini tashkil etadi.O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 272-moddasiga asosan mulkida soliq solinadigan mol-mulki bo‘lgan jismoniy shaxslar, shu jumladan, chet el fuqarolari, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, shuningdek, yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo‘jaliklari jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq to‘lovchilaridir.Bunda, agar ko‘chmas mulk mulkdorining joylashgan yerini aniqlash imkoni bo‘lmasa, bu mol-mulk qaysi shaxsning egaligida va (yoki) foydalanishida bo‘lsa, o‘sha shaxs soliq to‘lovchi hisoblanadi.Ushbu kodeksning 273-moddasiga muvofiq, respublika hududida joylashgan uy-joylar, kvartiralar, dala hovli imoratlari, garaj va boshqa imoratlar, joylar, inshootlar soliq solish obyektidir.Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarish mazkur Kodeksning 277-moddasiga asosan, soliq to‘lovchining yashash joyidan qat’i nazar, soliq solish obyekti joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organlari tomonidan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organning ma’lumotlari asosida amalga oshiriladi.Shuningdek, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ soliq solish obyekti joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organlariga har yili 1 fevralgacha obyektning 1 yanvarga bo‘lgan holatiga ko‘ra inventarizatsiya qiymatini va uning mulkdorini ko‘rsatgan holda ma’lumot taqdim etadi.Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to‘lash to‘g‘risidagi to‘lov xabarnomasi davlat soliq xizmati organi tomonidan soliq to‘lovchilarga imzo qo‘ydirilgan holda yoki to‘lov xabarnomasi olinganligini va olingan sanani tasdiqlovchi boshqa usulda har yili 1 maydan kechiktirmay topshiriladi.Qayd etish lozimki, Soliq kodeksining 276-moddasida jismoniy shaxslar soliq solish obyektlaridan tadbirkorlik faoliyati uchun foydalangan yoxud bu obyektlar yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berilgan taqdirda, shuningdek, jismoniy shaxslarning mulkida bo‘lgan yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar bo‘yicha ularning mol-mulkiga solinadigan soliq yuridik shaxslar uchun belgilangan stavka bo‘yicha to‘lanishi belgilab qo‘yilgan.Jismoniy shaxs yoki oilaviy korxona turar joydan unda istiqomat qilish bilan bir vaqtda tovarlar ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish) uchun foydalangan taqdirda, mol-mulk solig‘i jismoniy shaxslar uchun belgilangan stavka bo‘yicha to‘lanadi.Shu bilan birga, mazkur Kodeksning 275-moddasida ayrim toifadagi fuqarolargaushbu soliqdan imtiyozlar ko‘zda tutilganbo‘lib, ularga "O‘zbekiston Qahramoni", Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo‘lgan, uchala darajadagi "Shuhrat" ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar, urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek, doirasi qonun hujjatlari bilan belgilanuvchi ularga tenglashtirilgan shaxslar, o‘n nafar va undan ortiq bolalari bor ayollar, I va II guruh nogironlari, pensionerlar va sobiq SSSRni, O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish yoki harbiy xizmatning yoxud ichki ishlar organlaridagi xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chog‘ida yaralanganligi, kontuziya bo‘lganligi yoki shikastlanganligi oqibatida yoxud frontda bo‘lish bilan bog‘liq kasallik tufayli halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar hamda ichki ishlar organlari xodimlarining ota-onalari va beva xotinlari (beva erlari) kiradi.Bunda, o‘n nafar va undan ortiq bolalari bor ayollar, I va II guruh nogironlari hamda pensionerlarga ko‘rsatilgan imtiyozlarqonun hujjatlarida belgilangan soliq solinmaydigan maydon o‘lchami (60 kv.metr) doirasida beriladi.Ushbu imtiyozlar mulkdorning tanlashiga binoan faqat bir mol-mulk obyektiga taalluqli bo‘lib, shuningdek, jismoniy shaxslar tomonidan tadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan yoxud yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berilgan soliq solish obyektlariga nisbatan qo‘llanilmaydi.Shu bilan birga, Soliq kodeksining 275-moddasida ko‘rsatilgan imtiyozlarni olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar imtiyozlarni olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni mustaqil ravishda taqdim etadilar.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 22 dekabrdagi "O‘zbekiston Respublikasining 2016 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida"gi PQ-2455-sonli qarori bilan soliq qonunchiligiga o‘zgartirishlar kiritildi hamda soliq stavkalari tasdiqlandi.Xususan, 2016 yilning 1 yanvaridan boshlab jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni kadastr hujjatlaridagi inventarizatsiya qiymatidan kelib chiqib, lekin 3 mln. so‘mdan kam bo‘lmagan miqdordan hisoblash tartibi joriyetildi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 22 dekabrdagi PQ-2455-sonli qaroriga asosan jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi mol-mulkning inventarizatsiya qiymatiga nisbatan 1,5 foiz (2015 yilda 1,3 foiz bo‘lgan) miqdorida belgilandi.2016 yilda jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo‘yicha alohida stavkalar shaharlarda joylashgan umumiy maydoni 200 kv.metrdan 500 kv.metrgacha bo‘lgan turar joy va kvartiralarga 1,6 foizdan 1,8 foizgacha, maydoni 500 kv.metrdan ortiq bo‘lgan turar joy va kvartiralar uchun esa 2,2 dan 2,5 foizga oshirildi.Bundan tashqari, 2016 yilning 1 yanvaridan boshlab boshqa aholi punktlarida joylashgan umumiy maydoni 200 kv.metrdan ortiq bo‘lgan turar joy va kvartiralar uchun jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkalari – 1,8 foiz miqdorida belgilandi.Jismoniy shaxslar mol-mulkini baholash organlari tomonidan belgilangan inventarizatsiya qiymati bo‘lmaganda, soliqni undirish uchun Toshkent shahri va viloyat markazlarida 20328,0 ming so‘m miqdorida, boshqa shaharlar va qishloq joylarda esa 8833,0 ming so‘m miqdorida mol-mulkning shartli qiymati qabul qilindi.Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni ro‘yxatga oluvchi organlarda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilmagan yangi qurilgan turar joylar bo‘yicha jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq mol-mulkning shartli qiymatidan kelib chiqib ikki baravar miqdorida undiriladi.Jismoniy shaxslar uchun hisoblangan mol-mulk solig‘i ular tomonidan soliq davri uchun hisobot yilining 15 oktyabriga qadar to‘lanadi.Shu bilan birga, Soliq kodeksining 36-moddasiga asosan soliq to‘lovchilar soliq to‘lash majburiyatlarini muddatidan ilgari bajarishga ham haqli.Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, fuqarolar tomonidan to‘langan ushbu soliqlar mablag‘i mahalliy byudjet va daromadlarni to‘ldirib, o‘zlari yashab turgan tuman, mahallani iqtisodiy rivojlantirishga, obodonlashtirishga, aholining ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish masalalarini hal etish uchun yo‘naltiriladi. Shunday ekan, fuqarolik burchimizni o‘z vaqtida ado etaylik.

Комментариев нет:

Отправить комментарий