пятница, 26 августа 2016 г.

Soliq akademiyasi uchun faxr!

Yuksak mukofotlar barchaga muborak bo'lsin!
  O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 25 avgustdagi «O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan huquqni muhofaza qilish organlari, mudofaa va favqulodda vaziyatlar vazirliklari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida»gi Farmoniga muvofiq davlat soliq xizmatining quyidagi xodimlari taqdirlandi: «Mehnat shuhrati» ordeni bilan: 
Shamsutdinov Baxram Abdullayevich,  Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmasi davlat soliq bosh inspektori. 
«Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan: 
Boymurotov Sodiq Rozziqovich, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi davlat soliq bosh inspektori;  
Qodirov G‘ayrat Abduqaxxorovich, Toshkent viloyati Bo‘ka tumani davlat soliq inspeksiyasi bo‘lim boshlig‘i. 
«Shuhrat medali» bilan:
Aberkulov Shavkat Eshimovich, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i.
Djurayeva Komila Gafurovna, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Soliq akademiyasi «Informatsion texnologiyalar» kafedrasining mudiri;
Saveleva Larisa Vladimirovna, Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar davlat soliq inspeksiyasi davlat soliq bosh inspektori;  
Sangirov Maksimmurot Maxramovich, Jizzax viloyati Baxmal tumani davlat soliq inspeksiyasi davlat soliq bosh inspektori; 
Shamsiyev Nurali Zaydinovich, Navoiy viloyati Xatirchi tumani davlat soliq inspeksiyasi sho‘ba boshlig‘i. 
  Yuksak mukofot bilan oliygohimiz iftixori, eng ilg'or kafedramizning yuksak saloyiyatli mudiri va sevimli ustozimiz Komila Gafurovnani  qutlaymiz!

Комментариев нет:

Отправить комментарий