Foydalanilmayotgan dam olish uyi egallagan yerlar uchun imtiyoz mavjudmi?
Korxonamiz yagona soliq to‘lovi to‘lovchisi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan rekonstruksiya qilish va dam olish uyi sifatida foydalanish maqsadida balansimizga sobiq bolalar oromgohi berilgan. Korxonaning yetarli mablag‘i yo‘qligi sababli mazkur joyda rekonstruksiya ishlari amalga oshirilmagan hamda yer uchastkasidan hozirgi kunga qadar foydalanilmay kelinmoqda.O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 282-moddasi ikkinchi qismi 13-bandida sport va jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish majmualari, onalar va bolalarning dam olish hamda sog‘lomlashtirish joylari, dam olish uylari va o‘quv-mashq bazalari egallagan yerlar soliq solinmaydigan yer uchastkalari jumlasiga kiritilgan. Shundan kelib chiqqan holda, korxona-miz mazkur imtiyozdan foydalanishi mumkinmi?O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 279-moddasiga muvofiq, mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida yer uchastkalariga ega bo‘lgan yuridik shaxslar, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari yer solig‘ini to‘lovchilaridir.Soliq kodeksining 282-moddasi ikkinchi qismi 13-bandida sport va jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish majmualari, onalar va bolalarning dam olish hamda sog‘lomlashtirish joylari, dam olish uylari hamda o‘quv-mashq bazalari egallagan yerlar soliq solinmaydigan yer uchastkalari jumlasiga kiritilgan.Shuningdek, mazkur moddada belgilangan maqsadda bevosita foydalanilmayotgan yer uchastkalariga ushbu moddada belgilangan imtiyozlar tatbiq etilmasligi belgilangan.O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2011 yil 3 martda 2203-son bilan ro‘yxatga olingan «Yagona soliq to‘lovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona soliq to‘lovini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risida»gi Nizomning 3-bandida yagona soliq to‘lovining eng kam miqdorini hisoblab chiqarishda yuridik shaxslar tomonidan mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida foydalaniladigan yer uchastkalari hisobga olinishi belgilangan.Bundan quyidagilar mustasno:O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 280-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq soliq solish obyekti sifatida qaralmaydigan yer uchastkalari;O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 282-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq soliq solinmaydigan yer uchastkalari;O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga asosan tenglik asosida diplomatik vakolatxonalarni joylashtirish uchun berilgan yer uchastkalari.Savolingizda yagona soliq to‘lovi to‘lovchisi hisoblangan korxona balansiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan rekonstruksiya qilish va dam olish uyi sifatida foydalanish maqsadida bolalar oromgohi berilganligi, korxonada mablag‘ yo‘qligi uchun mazkur yer uchastkasida rekonstruksiya ishlari amalga oshirilmaganligi hamda foydalanilmay kelinayotganligi bayon etilgan.Yuqoridagilardan kelib chiqib, korxonangiz yagona soliq to‘lovi to‘lovchisi bo‘lganligi uchun Adliya vazirligi tomonidan 2011 yil 3 martda 2203-son bilan ro‘yxatga olingan «Yagona soliq to‘lovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona soliq to‘lovini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga muvofiq, yagona soliq to‘lovini hisoblab chiqarishda, Vazirlar Mahkamasining qarori bilan «Dam olish uyi sifatida» foydalanish maqsadida korxonangizga berilgan yer maydonlari 2203-sonli Nizomning 2-ilovasiga muvofiq hisobga olinadi.Shu bilan birga, qayd etilgan yer uchastkasidan boshqa maqsadlarda foydalanilgan taqdirda, Adliya vazirligida 2011 yil 3 martda 2203-son bilan ro‘yxatga olingan Nizom talablariga muvofiq, hisoblab chiqarilgan yer solig‘ining uch baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda yagona soliq to‘lovini to‘lashingiz lozim bo‘ladi.
среда, 27 апреля 2016 г.
Foydalanilmayotgan dam olish uyi egallagan yerlar uchun imtiyoz mavjudmi?
Подписаться на:
Комментарии к сообщению (Atom)
Комментариев нет:
Отправить комментарий