суббота, 30 апреля 2016 г.

Takeda Jamg’armasining ijtimoiy tadbirkorlik bo’yicha tanlovi

Takeda Jamg’armasining ijtimoiy tadbirkorlik bo’yicha tanlovi


Qayerda: Yaponiya
Kim uchun: 40 yoshgacha bo’lganlar
Mukofot miqdori: 1 million yapon iyenasi
Ariza topshirishning so’nggi muhlati: 2016-yil 31-iyul
Umumiy ma’lumot:

Takeda Jamg’armasi yosh ijtimoiy tadbirkorlarga Takeda Yosh Ijtimoiy  Tadbirkor Mukofotini taqdim etadi. Mukofot yoshlarni dunyodagi ijtimoiy va texnologik ehtiyojlarga ijtimoiy tadbirkorlik yo’li bilan yechim topishga undaydi va ularni qo’llab-quvvatlaydi.

Kim uchun:

Tanlov butun dunyodan bo’lgan ishtirokchilarga ochiq bo’lib, unda 40 yoshgacha bo’lgan nomzodlar ishtirok eta oladi.

Mukofot miqdori:

Tanlov “Eng yaxshi ijtimoiy tadbirkor” hamda 5 ta ijtimoiy tadbirkorni g’olib deb tanlaydi. “Eng yaxshi ijtimoiy tadbirkor” jamg’arma tomonidan diplom, taqdirlov xati hamda 1 million yapon iyenasi miqdoridagi sovringa ega bo’ladi. 5 ta ijtimoiy tadbirkorning har biriga diplom, taqdirlov xati hamda 200 ming yapon iyenasi miqdorida mukofot beriladi.

Ariza to’ldirish tartibi:

Mukofotga yosh ijtimoiy tadbirkorlar o’zlarinining nomzodlarini qo’yishlari yoki istalgan shaxs usbhu mukofotga loyiq deb bilgan shaxsning nomzodini ko’rsatishi mumkin.

Arizachilar avvalo jamg’arma saytida SHU YERDA ro’yxatdan o’tishi lozim. Shundan so’ng ariza shakli va arizani topshirish joyi haqida shaxsiy emailga xat yuboriladi. Ariza shaklini SHU YERDAN yuklab olish mumkin.

To’liq ma’lumot uchun manba: SHU YERDA

Комментариев нет:

Отправить комментарий