Biz yagona soliq to‘lovi to‘lovchisimiz, uy-joy obyektini qurish bo‘yicha o‘tkazilgan tender savdosida g‘olib bo‘ldik. Bunda obyekt qiymati savdoga qo‘yilganda 17 foizga oshirildi. Tushuntirish bersangiz, tender qiymati oshirilgan 17 foizlik qiymatdan qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashimiz kerakmi?
Qurilish sohasida islohotlarning amalga oshirilishi va faoliyatni litsenziyalash monitoringi bo‘yicha Respublika komissiyasining 2009 yil 2 fevraldagi 1-sonli bayonnomasi 1-ilovasining «Pudrat qurilish ishlarini bajarish uchun tanlov savdolarida ishtirok etuvchi talabgorlarga soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlariga bog‘liq holda markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan obyektlar qurilishining boshlang‘ich qiymati shakllanishi mexanizmi yuzasidan tushuntirishlar» deb nomlangan III bo‘limiga muvofiq:«Qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) va yagona soliq to‘lovi (YaST) to‘lovchilari bo‘lgan tashkilotlar bir vaqtning o‘zida tanlov savdolari ishtirokchilari hisoblangan holatda QQS va YaST to‘lovchilari – tanlov savdolari ishtirokchilari takliflari o‘zaro buyurtmachining boshlang‘ich qiymati bilan QQS hisobga olinmagan holda solishtiriladi.Tanlov savdolari g‘olibi oferentlarning (oferent – taklif (oferta) kirituvchi savdo ishtirokchisi) qiymat ko‘rsatkichlarini solishtirish yo‘li bilan aniqlanadi, bunda:- QQS to‘lovchisi bo‘lgan g‘olib uchun tanlov savdosi natijalariga ko‘ra, QQS hisobga olinmagan holda belgilangan obyekt qiymati amaldagi stavka bo‘yicha hisoblangan QQS summasiga ko‘payadi;- YaST to‘lovchisi bo‘lgan g‘olib uchun tanlov savdosi natijalariga ko‘ra, QQS hisobga olinmagan holda belgilangan obyekt qiymati quyidagicha belgilanadigan foiz miqdoriga ko‘payadi – QQS stavkasi minus yagona soliq to‘lovining 50 foizlik stavkasi».*O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 222-moddasiga muvofiq «... Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi bo‘lmagan, shuningdek qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashdan ozod qilingan oborotni amalga oshirayotgan yuridik shaxslar hisobvaraq-fakturada qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini ko‘rsatmaydilar hamda «qo‘shilgan qiymat solig‘isiz» degan shtamp bosadi (yozib qo‘yadi)...».Shu munosabat bilan QQSni ixtiyoriy asosda to‘lashga o‘tmagan YaST to‘lovchisi bo‘lgan korxona «Bajarilgan ishlar (qilingan xarajatlar) to‘g‘risida ma’lumotnoma-hisobvaraq-faktura»da buyurtmachiga QQSsiz hamda qiymat quyidagicha aniqlanadigan foiz miqdoriga ko‘paymagan holda bajarilgan ishlar hajmini taqdim etadi: QQS stavkasi minus YaSTning 50 foizlik stavkasi, bunda tegishlicha, tender bahosi ko‘paygan 17 fo-izlik QQS summasi byudjetga to‘lanmaydi.Ishlar qiymatining 17 foizga (1,17) (QQS stavkasi minus YaSTning 50 foizlik stavkasi) ko‘payishi faqat tanlov savdolari g‘olibini aniqlash uchun qabul qilinadi.YaST to‘lovchilari bo‘lgan korxonalar byudjet bilan hisob-kitobni umumbelgilangan tartibda amalga oshiradi. Bunda ular xom ashyo, materiallar bo‘yicha QQS summasini, agar xom ashyo va materiallar QQS to‘lovchilaridan xarid qilingan bo‘lsa, QQS bilan ishlar qiymati hisobiga hisobdan chiqaradi.Shuningdek, Soliq kodeksining 118-moddasiga muvofiq, qo‘shilgan qiymat solig‘i solinmaydigan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishda, shuningdek qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi bo‘lmagan mahsulot yetkazib beruvchilar tomonidan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobvaraq-fakturada («Bajarilgan ishlar (qilingan xarajatlar) to‘g‘risida ma’-lumotnoma-hisobvaraq-faktura»da)aks ettirganlik mahsulot yetkazib beruvchi-larga hisobvaraq-fakturada ko‘rsatilgan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasining 20 foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi. Bunda mahsulot yetkazib beruvchi hisobvaraq-fakturada ko‘rsatilgan soliq summasini byudjetga to‘lashi shart.Ya’ni, agar QQS to‘lovchisi bo‘lmagan korxona hisobvaraq-fakturada («Bajarilgan ishlar (qilingan xarajatlar) to‘g‘risida ma’lumotnoma-hisob-varaq-faktura»da)QQSni ajratib ko‘rsatgan bo‘lsa, u ajratib ko‘rsatilgan QQS summasini va QQS summasidan 20 foiz miqdorida jarimani ham to‘lashi lozim.
четверг, 26 мая 2016 г.
Tender ustamasi byudjetga to‘lanmaydi
Deklaratsiya asosida hisoblangan daromad solig‘ini o‘z vaqtida to‘lashni unutmang!
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 193-moddasiga muvofiq, jismoniy shaxslar – O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari tomonidan daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyaning ma’lumotlari asosida hisoblab chiqarilgan, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i o‘tgan soliq davridan keyingi yilning 1 iyunidan kechiktirmay to‘lanishi lozim. Davlat soliq idoralariga daromadlari to‘g‘risida deklaratsiyani taqdim etgan soliq to‘lovchilardan hisoblab chiqarilgan soliqlarni qaysi muddatgacha to‘lash kerakligi to‘g‘risida ko‘plab murojaatlar bo‘lmoqda. Shuni e’tiborga olgan holda, quyida mazkur masala yuzasidan tushuntirish berib o‘tamiz. Avvalo, jismoniy shaxslarning qanday daromadlari deklaratsiya asosida soliqqa tortilishiga aniqlik kiritib o‘tsak. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 189-moddasiga muvofiq, deklaratsiya asosida soliq solinadigan daromadlarga O‘zbekiston Respublikasi rezidentlarining:- mulkiy daromadlar, agar bu daromadlarga to‘lov manbaida soliq solinmagan bo‘lsa;- fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratganlik hamda ulardan foydalangan-lik uchun mualliflik haqi tariqasida olingan daromadlar;- asosiy bo‘lmagan ish joyidan olingan moddiy naf tarzidagi daromadlar;- ikki yoki undan ko‘p manbadan olingan soliq solinadigan daromadlar;- O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlar;- soliq agentlari bo‘lmagan manbalardan olingan daromadlari kiradi. Agar soliq to‘lovchining asosiy bo‘lmagan ish joyidan olgan daromadlaridan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i uning arizasiga ko‘ra belgilangan eng yuqori stavka qo‘llanilgan holda ushlab qolingan bo‘lsa, daromadlar to‘g‘risida deklaratsiya taqdim etilmaydi va o‘z navbatida qo‘shimcha to‘lovlar yuzaga kelmaydi. Xuddi shuningdek, jismoniy shaxslarning mol-mulklari yuridik shaxslarga ijaraga berilganda jismoniy shaxslarning daromad solig‘i to‘lov manbaida ushlab qolinadi. Agar ushbu mol-mulk jismoniy shaxsga ijaraga berilgan taqdirda, ya’ni to‘lov manbaida soliq solinmagan bo‘lsa, jismoniy shaxsning daromadlariga deklaratsiya asosida soliq hisoblanadi.To‘lov muddatlari: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 193-moddasida deklaratsiya bo‘yicha soliq to‘lash tartibi belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra jismoniy shaxslar – O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyaning ma’lumotlari asosida hisoblab chiqarilgan, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini o‘tgan soliq davridan keyingi yilning 1 iyunidan kechiktirmay to‘lashlari lozim. Ya’ni, 2015 yil uchun taqdim etilgan deklaratsiya asosida hisoblangan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i joriy yilning 1 iyuniga qadar to‘lanishi lozim. Mol-mulkni ijaraga berishdan daromadlar oladigan jismoniy shaxslar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini taqdim etilgan dastlabki deklaratsiya asosida har oyda daromad olingan oydan keyingi oyning beshinchi kunigacha to‘laydilar. Yil tugagach, jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliqning yillik summasi haqiqatda olingan daromad bo‘yicha hisoblab chiqarilib, agar o‘tgan yil mobaynida to‘langan summalar o‘rtasida farq kelib chiqsa, u joriy yilning 1 iyunidan kechiktirmay to‘lanadi. Jismoniy shaxslar – O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari hisoblab chiqarilgan daromad solig‘ini xorijiy davlatda joylashgan bank hisobvarag‘idan chet el valyutasida ham to‘lashi mumkin. Bunda jismoniy shaxslardan olinadigan, milliy valyutada ifodalangan soliq jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘langan sanada O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs bo‘yicha chet el valyutasida qayta hisoblab chiqiladi.Jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliq to‘langan sana quyidagilardir: Yuridik shaxslar yoki jismoniy shaxslar tomonidan bankdagi hisobvarag‘idan to‘langan taqdirda – ularning bankdagi hisobvarag‘idan mablag‘lar hisobdan chiqarilgan kun;jismoniy shaxslar tomonidan naqd pul mablag‘lari kiritilgan taqdirda – bank kassasiga mablag‘lar to‘langan sana. Davlat soliq xizmati organlari tomonidan hisoblab chiqariladigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lash to‘lov xabarnomasida ko‘rsatilgan muddatlarda amalga oshirilishi kerak. Eslatib o‘tamiz, deklaratsiya asosida hisoblangan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i o‘z vaqtida to‘lanmagan taqdirda, Soliq kodeksining 120-moddasiga muvofiq, to‘lovning belgilangan muddatidan keyingi kundan e’tiboran muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun, to‘lov kuni ham shunga kiradi, 0,033 foiz miqdorida penya hisoblashga sabab bo‘ladi hamda Kodeksning 62-moddasiga asosan soliq qarzini majburiy undirish choralari qo‘llaniladi.
вторник, 24 мая 2016 г.
Aқлингизни шошириб қўядиган саккизта масала (жавоби билан)
Қувноқ топишмоқ ва бошқотирмалар барчага бирдек ёқади. Қуйидаги топишмоқларнинг бошингизни қотириши аниқ, ахир улар ноодатий жавоблар ўйлаб топишга чорлайди.
1. Учта шифокор Роберт уларнинг акаси эканини айтмоқда. Роберт эса унинг умуман акаси йўқлигига ишонтиряпти. Хўш, уларнинг қай бири ёлғон гапирди?
Тўғри жавоб: Ҳаммаси оддий: Робертнинг уч нафар опа-синглиси бор. Учови ҳам шифокор.
2. Ҳовузда 10 та балиқ бор эди. 2 таси чўкиб кетди. 4 таси сузиб кетди. 3 таси нобуд бўлди. Нечта балиқ қолди?
Тўғри жавоб: 10 та. Ахир балиқлар ҳовузни тарк этмади-ку.
3. Икки нафар эркак шахмат ўйнамоқда. Улар 5 та партия ўйнашди. Ҳар бири 3 тадан партияда ғолиб бўлди. Қандай қилиб?
Тўғри жавоб: Улар бир-бирига қарши ўйнамаган.
4. 1000 ва 40 ни қўшинг. Яна 1000 ни қўшинг. Энди 30 ни қўшинг. Яна 1000 қўшинг. Энди 20 ни қўшинг. Яна 1000 қўшинг. Энди 10 ни қўшинг.
Тўғри жавоб: 5000 ҳосил бўлдими? Бу нотўғри. Тўғри жавоб – 4100.
5. Нима шаҳар ва далалар орқали ўтади, бироқ ҳеч қачон ҳаракатланмайди?
Тўғри жавоб: Йўл.
6. Ота ва ўғилнинг ёшини қўшса 66 ҳосил бўлади. Отанинг ёши – ўғил ёшининг тескариси. Улар неча ёшда?
Тўғри жавоб: Бу ерда уч хил жавоб бериш мумкин: 51 ва 15, 42 ва 24 ҳамда 60 ва 6.
7. Ҳафта кунларининг номи ва рақамлардан фойдаланмасдан бешта кунни кетма-кет айтишга ҳаракат қилиб кўринг.
Тўғри жавоб: Ўткан кун, кеча, бугун, эрта, индин.
8. Беш опа-сингилнинг ҳар бири иш билан банд. Биринчиси китоб мутолаа қиляпти. Иккинчиси таом тайёрлаяпти. Учинчиси шахмат ўйнаяпти. Тўртинчиси кир ювяпти. Бешинчиси-чи?
Тўғри жавоб: Шахмат ўйнаяпти.
понедельник, 23 мая 2016 г.
Germaniyada magistratura darajasida o’qish uchun “DAAD” grantlari
Germaniyada magistratura darajasida o’qish uchun “DAAD” grantlari
Qayerda: GermaniyaAriza topshirish muhlati: Universitetga qarab har xilKim uchun: Bakalavr darajasiga ega bo’lganlarGrant miqdori: To’liq va qisman
- Iqtisodiyot va biznes (Economic Sciences / Business);
- Siyosiy iqtisodiyot va boshqaruv (Administration / Political Economics);
- Taraqqiyot hamkorligi (Development Co-operation);
- Muhandislik va unga aloqador fanlar (Engineering and Related Sciences);
- Matematika (Mathematics);
- Hududiy boshqaruv (Regional Planning);
- Qishloq xo’jaligi va O’rmonchilik (Agriculture and Forest Sciences);
- Ekologiya va atrof-muhit (Environmental Sciences);
- Meditsina va jamoatchilik sog’ligi (Medicine and Public Health);
- Veterinar tibbiyoti (Veterinary Medicine);
- Ijtimoiy fanlar va ta’lim (Social Sciences and Education);
- Jurnalistika (Media Studies).
- Arizachi rivojlanayotgan davlatlardan bo’lishi kerak. Ular orasida O’zbekiston ham bor;
- Arizachilar yoshiga cheklov qo’yilmagan, ammo o’qishni bitirgandan keyin o’rtada olti yildan ko’p vaqt o’tmagan bo’lishi kerak;
- Bakalavrni tamomlagandan so’ng kamida 2 yillik mehnat tajribasiga ega bo’lishi kerak;
- Tegishli tilni bilishi kerak. Ta’lim nemis yoki ingliz tilidaolib boriladi.
- Ingliz tilida o’qish uchun ariza to’ldirayotganlar TOEFL PBT testidan 550, CBT dan 213 yoki IBT dan 80 bal; yoxud IELTS testidan 6 bal olganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim qilishi lozim. (Ba’zi kurslar uchun talablar farq qilishi mumkin).
- Nemis tilida o’qishni istovchilar DSH 2 yoki TestDaF 4 ko’rsatkichlariga ega bo’lishi, ariza topshirayotgan payti nemis tili malakasi A2 darajasida bo’lishi kerak.
- DAAD arizasi (SHU YERDA);
- Rezyume – qo’lda imzo chekishingiz kerak (Yevropass rezyumesi nusxasini SHU YERDANolishingiz mumkin);
- O’qishdan maqsadlaringizni ifodalovchi qisqa insho – qo’lda imzo chekishingiz kerak;
- Sohangiz bo’yicha ilmiy izlanish va qiziqishlaringiz aks etgan insho (agar universitet talab qilsa);
- Universitetingizdagi o’qituvchingizdan tavsiyanoma (Unga imzo va muhr bosilishi kerak);
- Ish joyingizdagi rahbaringizdan tavsiyanoma (Unga imzo va muhr bosilishi kerak);
- Ish joyingizdan mehnat stajingizni va ishlashingizni tasdiqlovchi ma’lumotnoma (Iloji bo’lsa, qaytib kelib yana shu yerda ishlashni davom ettirishingiz mumkinligini kafolatlovchi ma’lumotni ham qo’shish kerak);
- Tilni bilishingizni isbotlovchi sertifikat nusxalari (Minimum bal talablari yuqorida yozilgan);
- Diplomingizning nusxasi;
- Diplomning baholar varaqasidan nusxa;
- Maktab shahodatnomasining nusxasi.
“Grantlar.Uz” saytidan“EXCLUSIVE” xizmat
воскресенье, 22 мая 2016 г.
"Манчестер Юнайтед" Англия Кубогини қўлга киритди
"Манчестер Юнайтед" Англия Кубоги финалида қўшимча вақтда "Кристал Пэлас" устидан иродали ғалабага эришди ва жорий мавсумдаги Кубок соҳибига айланди. Учрашув Лондондаги "Уэмбли" стадионида бўлиб ўтди ва 2:1 ҳисоби билан манкунианликлар фойдасига якунланди.78-дақиқада "Кристал Пэлас" футболчиси Джеймс Панчеон ҳисобни очди. 3 дақиқа ўтиб "МЮ" футболчиси Хуан Мата ҳисобни тенглаштирди.Шу тариқа асосий вақт 1:1 ҳисобидаги дуранг натижа билан якунланди. Қўшимча вақтнинг 1-тайми охирида "МЮ" ҳимоячиси Крис Смоллинг иккинчи сариқ карточка учун майдондан четлатилди. Манчестерликлар оз қолганларига қарамасдан, 110-дақиқада Жесси Лингарднинг ҳал қилувчи голи эвазига Кубокдаги ғалаба бахтига муяссар бўлдилар."МЮ" голландиялик мутахассис Луи ван Гал қўли остида биринчи унвонини қўлга киритди. Манкунианликлар бу совринни 12 маротаба олмоқдалар.
Англия Кубоги. Финал Кристал Пэлас – Манчестер Юнайтед – 1:2 (қўш. вақт) Голлар: Панчеон, 78 (1:0); Мата, 81 (1:1); Лингард, 110 (1:2). Четлатиш: Смоллинг, 105 (Манчестер Юнайтед)
Кристал Пэлас: Хеннесси, Дэнн, Суаре, Уорд, Дилэйни, Единак, Кабай, Макартур, Заа, Болази, Уикхэм.Манчестер Юнайтед: Де Хеа, Блинд, Смоллинг, Рохо, Валенсия, Мата, Кэррик, Феллайни, Марсьяль, Руни, Рэшфорд.
Mukofot pullariga soliq solinadi
Korxonamizda tuzilgan jamoa shartnomasiga asosan xodimlarga ularning tug‘ilgan kuni munosabati bilan eng kam ish haqining 2 barobari miqdorida mukofot puli beriladi.O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 173-moddasiga muvofiq, mazkur mukofotlar jismoniy shaxslarning rag‘batlantiruvchi xususiyatga ega to‘lovlar tarkibiga kiritiladimi yoki ularga nisbatan imtiyoz qo‘llaniladimi? Shu haqda batafsil tushuntirish bersangiz.O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 172-moddasiga asosan, ish beruvchi bilan mehnatga oid munosabatlarda bo‘lgan va tuzilgan mehnat shart-nomasiga (kontraktiga) muvofiq ishlarni bajarayotgan jismoniy shaxslarga hisoblanadigan va to‘lanadigan barcha to‘lovlar mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar deb e’tirof etiladi.Bunda, mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar tarkibiga:mehnatga haq to‘lashning qabul qilingan shakllari va tizimlariga muvofiq ishbay narxlar, tarif stavkalari va mansab maoshlaridan kelib chiqqan holda haqiqatda bajarilgan ish uchun hisoblangan ish haqi;ilmiy daraja va faxriy unvon uchun qo‘shimcha to‘lovlar;Soliq kodeksining 173-moddasiga muvofiq rag‘batlantirish xususiyatiga ega to‘lovlar;Soliq kodeksining 174-moddasiga muvofiq kompensatsiya to‘lovlari (kompensatsiya);Soliq kodeksining 175-moddasi-ga muvofiq ishlanmagan vaqt uchun haq to‘lash;predmeti ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish bo‘lgan fuqarolik-huquqiy tusda tuzilgan shartnomalarga muvofiq jismoniy shaxslarga (Soliq kodeksining 169-moddasi ikkinchi qismida ko‘rsatilgan daromadlar bundan mustasno) to‘lovlar;yuridik shaxsning boshqaruv organi (kuzatuv kengashi yoki boshqa shunga o‘xshash organi) a’zolariga yuridik shaxsning o‘zi tomonidan amalga oshiriladigan to‘lovlar;O‘zbekiston Respublikasi mudofaa, ichki ishlar, favqulodda vaziyatlar vazirliklarining, O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilariga, ichki ishlar organlarining oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibiga hamda Davlat bojxona qo‘mitasining xodimlariga xizmatni o‘tashi (xizmat majburiyatlarini bajarishi) munosabati bilan to‘lanadigan pul ta’minoti, pul mukofotlari va boshqa to‘lovlar kiradi.Shuningdek, Soliq kodeksining 173-moddasida rag‘batlantirish xususiyatiga ega to‘lovlar tarkibiga kiruvchi mukofot pullari tarkibi ham keltirilgan.Shu bilan birga, Soliq kodeksining 306-moddasiga muvofiq, Soliq kodek-sining 172-moddasida ko‘rsatilgan ish haqi tarzidagi daromadlar yagona ijtimoiy to‘lov va fuqarolarning byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badalining soliq solish obyektidir.Yuqoridagilardan kelib chiqib, jismoniy shaxslarga beriladigan rag‘batlantirish xususiyatiga ega to‘lovlar (mukofotlar)ga Soliq kodeksida belgilangan tartibda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i, yagona ijtimoiy to‘lov va fuqarolarning byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari hisoblanishi va to‘lanishi lozim.
Yashash uchun mo‘ljallanmagan obyektlarga yer solig‘i hisoblanadi
Savdo majmuasining ikkinchi qavati jismoniy shaxs sifatida mening nomimga rasmiylashtirilgan. Ushbu obyektni tadbirkorlarga ijaraga bersam ikkinchi qavat uchun jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i hisoblanadimi?O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga asosan mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida yer uchastkalariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar, shuningdek, yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo‘jaliklari jismoniy shaxslarning yer solig‘i to‘lovchilari bo‘lib hisoblanadi.Mazkur kodeksning 288-moddasida soliq solish obyektlari ko‘rsatilgan bo‘lib, unga ko‘ra tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun foydalanishga yoki ijaraga berilgan yer uchastkalari jismoniy shaxslarning yer solig‘i obyekti bo‘lib hisoblanadi.Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organning yer uchastkalarining maydoniga doir ma’lumotlari soliq solinadigan baza bo‘lib hisoblanadi.Tadbirkorlik faoliyatida foydalaniladigan yer uchastkalari uchun yoxud uylar, dala hovli imoratlari, yakka tartibdagi garajlar va boshqa imoratlar, inshootlar, joylar yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berilganda, shuningdek jismoniy shaxslarning mulkida bo‘lgan, yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar egallagan yer uchastkalari uchun jismoniy shaxslardan yer solig‘i yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lash uchun belgilangan stavkalar bo‘yicha undiriladi.Yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 22 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining 2016 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida»gi PQ-2455-sonli qarorining 20-ilovasida belgilangan.Yer solig‘i yer uchastkasining mulkdori, yerga egalik qiluvchi, yerdan foydalanuvchi yoki ijarachining yashash joyidan qat’i nazar, yer uchastkasi joylashgan hududdagi mahalliy byudjetga har yili 15 oktabrga qadar to‘lanadi.Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, savdo majmuasining ikkinchi qavati sizga yashash uchun mo‘ljallanmagan obyekt sifatida rasmiylashtirilganligi hamda ushbu obyektni tadbirkorlik subyektlariga ijaraga berishingiz sababli, ushbu obyekt uchun jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘i bilan birgalikda jismoniy shaxslarning yer solig‘ini yuridik shaxslarning mol-mulk va yer soliqlari uchun belgilangan stavkalar bo‘yicha to‘lashingiz lozim bo‘ladi.Shu bilan birga, jismoniy shaxslarning mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlari mulkiy daromadlar tarkibiga kirib, jismoniy shaxslarning mol-mulklari yuridik shaxslarga ijaraga berilganda jismoniy shaxslarning daromad solig‘i to‘lov manbaida ushlab qolinadi. Agar ushbu mol-mulk jismoniy shaxsga ijaraga berilgan taqdirda, ya’ni to‘lov manbaida soliq solinmagan bo‘lsa, jismoniy shaxsning daromadlariga deklaratsiya asosida soliq hisoblanadi.
суббота, 21 мая 2016 г.
21 май куни жаҳондаги энг йирик нефтгаз лойиҳасининг очилиш маросими бўлиб ўтади
2016 йил 21 май куни Ўзбекистоннинг жаҳон нефтгаз саноатидаги энг йирик лойиҳаларидан бири — Устюрт газкимё мажмуаси фойдаланишга топширилади. Бу ҳақда, Sputnik агентлигига "Ўзбекнефтегаз" миллий холдинг компанияси вакили маълум қилган.Кимё мажмуасининг расмий очилиш маросимида Корея Республикаси бош вазири Хван Ге Ан ва Ўзбекистон бош вазири Шавкат Мирзиёев қатнашиши кутилмоқда. "Сурғил газ кони негизидаги Устюрт газкимё мажмуаси Жанубий Кореянинг Коgаs, Lotte Сhemical ва STX Energy компаниялари консорциуми иштирокида барпо этилди. У лойиҳа қувватига чиққач, йилига 4,5 млрд куб метр газни қайта ишлаш имконини беради. Бунинг натижасида 400 минг тонна полиэтилен ва 100 минг тонна полипропилен ишлаб чиқарилади". Лойиҳанинг умумий қиймати 3,89 миллиард АҚШ долларидан ортиб кетган. Шундан 1,4 млрд Жанубий Корея компаниялари ва "Ўзбекнефтгаз" ҳиссасига тўғри келади. 2,5 миллиард доллардан ортиқ маблағ эса, етакчи халқаро банклардан жалб этилган кредитлардир. Иншоот қурилиши ўтган йилнинг тўртинчи чорагида якунланган эди. Шундан сўнг, ишга туширишга тайёргарлик кўриш ишлари амалга оширилди, мажмуа синаб кўрилди. Илк маҳсулотларни экспорт қилиш ҳам ташкил этилди. Устюрт газкимё мажмуасининг ўзига хослиги шундан иборатки, бу ерда фойдаланилган технология табиий газдан 97 фоизгача этан, пропан ва бошқа қиммат маҳсулотларни олиш имконини беради. Таққослаш учун, бугунги кунда МДҲдаги шу каби мажмуаларнинг ўртача фойдали иш коэффициенти 80 фоиздан ошмайди. Мажмуада 4 хил полиэтилен гранулалари: J-2200 (инжекцион полиэтилен), MF-5000 (мононить), BL-6200 (шиширилувчи полиэтилен), FL-7000 (пленка) ҳамда яна 4 хил полипропилена J-150 (инжекцион), Y-130 (мононить), B-320 (лист) ва FC-550 (пленка) ишлаб чиқарилади.
среда, 18 мая 2016 г.
Фойдали
ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ПРЕЗИДЕНТИНИНГ ҚАРОРИ ЎЗБЕКИСТОН МИЛЛИЙ УНИВЕРСИТЕТИ ФАОЛИЯТИНИ ЯНАДА ТАКОМИЛЛАШТИРИШ ЧОРА-ТАДБИРЛАРИ ТЎҒРИСИДА (Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2016 й., 19-сон, 210-модда) Олий таълим ривожининг жаҳон тажрибасини ҳисобга олган ҳолда юқори малакали мутахассислар тайёрлаш даражаси ва сифатини тубдан ошириш, Миллий университетнинг илмий салоҳиятини янада мустаҳкамлаш, ўқув жараёнининг илмий-тадқиқот фаолияти билан узвий алоқасини кучайтириш, профессор-ўқитувчилар ва талабаларни фундаментал ва амалий тадқиқотлар ўтказишга кенг жалб этиш, шунингдек бунинг учун зарур замонавий инфратузилма ва моддий-техника базасини яратиш мақсадида: 1. Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги, Молия вазирлиги, Халқ таълими вазирлиги ва Фанлар академиясининг Мирзо Улуғбек номидаги Ўзбекистон Миллий университети (кейинги ўринларда — Миллий университет)ни Ўзбекистон Республикаси Миллий университети ва Фанлар академиясининг Ядро физикаси институти негизида қайта ташкил этиш тўғрисидаги таклифи қабул қилинсин. 2. Қуйидагилар Миллий университет фаолиятининг асосий вазифалари этиб белгилансин: фундаментал ва гуманитар фанлар соҳасида юқори малакали ўқитувчи ва илмий кадрларни замонавий талаблар даражасида тайёрлаш, республиканинг базавий университети сифатида олий таълимнинг ўқув дастурларини ишлаб чиқиш ва такомиллаштиришни таъминлаш; фундаментал илмий тадқиқотлар ўтказиш, илм-фаннинг истиқболли, юқори технологияли йўналишлари бўйича мамлакатимиз илмий мактабларини ривожлантириш, илм-фан ва олий таълим соҳаларида етакчи хорижий университетлар ва илмий марказлар билан ҳамкорликни янада мустаҳкамлаш; мамлакат олий таълим муассасаларининг таълим-тарбия, илмий-услубий ва маданий-маърифий фаолиятини мувофиқлаштириш, узлуксиз таълим тизими босқичларининг узлуксизлиги ва давомийлигини таъминлаш; олий таълим муассасалари ўқитувчилари ҳамда илмий-тадқиқот ташкилотлари мутахассисларини қайта тайёрлаш ҳамда малакасини ошириш тизимини эътироф этилган халқаро талаблар ва стандартлар даражасида такомиллаштириш. Белгилаб қўйилсинки, Миллий университет республиканинг математика, табиий-илмий ва гуманитар йўналишлари бўйича олий маълумотли кадрлар тайёрлаш соҳасидаги таянч олий таълим муассасаси ҳисобланади. 3. Мирзо Улуғбек номидаги Миллий университетнинг янгиланган ташкилий тузилмаси 1-иловага* мувофиқ тасдиқлансин. Ўзбекистон Республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирига, зарур ҳолларда, Миллий университетнинг ташкилий тузилмасига тасдиқланган ходимлар сони доирасида ўзгартишлар киритиш ҳуқуқи берилсин. 4. Ўзбекистон Республикаси Фанлар академияси, Молия вазирлиги, Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги, Иқтисодиёт вазирлигининг: Ўзбекистон Республикаси Фанлар академиясининг Ядро физикаси институтини тугатиш тўғрисидаги; тугатилаётган Ядро физикаси институтининг Тошкент шаҳри, Мирзо Улуғбек тумани, Улуғбек шаҳарчаси, Хуросон кўчаси, 1-уй манзилидаги биноларига Миллий университет Физика факультетининг мутахассислик кафедралари, лабораториялари, магистратура ва докторантура бўлимларини жойлаштириш ҳақидаги; Ядро физикаси институтининг бўшаётган бинолари, лабораториялари ва бошқа мол-мулкини ўқув жараёни талабларидан келиб чиқиб, зарур реконструкция ишларини амалга оширган ҳолда илмий-таълим жараёнини ташкил этиш учун Миллий университетга топшириш тўғрисидаги; Ядро физикаси институтининг илмий-техникавий лойиҳалари, конструкторлик-технология ишланмалари, илмий ускуналарининг зарурлиги ва сақлаб қолишнинг мақсадга мувофиқлигини аниқлаш учун уларни тўлиқ инвентаризациядан ўтказиш, замонавий ускуналарни Миллий университет Физика факультетининг янги ташкил этилаётган лабораторияларига топшириш тўғрисидаги таклифи қабул қилинсин. 5. Миллий университет ҳузуридаги Амалий физика илмий-тадқиқот институти 2016 йилнинг 1 июлидан тугатилсин ва барча илмий лойиҳалар, ускуналар ва бошқа мол-мулкнинг мақсадга мувофиқлигини танқидий таҳлил қилиш якунлари бўйича улар Миллий университетнинг Физика факультетига топширилсин. 6. Ўзбекистон Республикаси Фавқулодда вазиятлар вазирлиги ҳузурида Радиацион хавфсизлик маркази (РХМ) ташкил қилинсин, қуйидагилар унинг асосий вазифалари этиб белгилансин: МАГАТЭ ҳамда ваколатли органлар билан ҳамкорликда хавфсизликни таъминлаш ва ядро технологияларини тарқатмасликка оид халқаро стандартларга қатъий мувофиқ равишда Ядро физикаси институтининг ядро реакторини эксплуатациядан чиқариш борасидаги ишларни ташкил қилиш; республика ҳудудидаги радиоактив материаллар омборхоналарининг лозим даражада сақланиши, утилизация қилиниши ва тугатилишини таъминлаш, шунингдек тегишли тозалаш хизматини ташкил этиш; республиканинг ядровий ва радиацион хавфсизлигини таъминлаш билан боғлик амалий ишларни бажариш, шунингдек божхона постларида ва республика ҳудудида ўрнатилган дозиметрия назорати тизимлари ҳамда бошқа назорат асбобларини экспертизадан ўтказиш; республика ҳудудида фойдаланилаётган ион нурланиш манбаларини илмий экспертизадан ўтказиш, шунингдек ион нурланиш техникаси манбаларига профессионал хизмат кўрсатиш ва утилизация қилиш. 7. Ўзбекистон Республикаси Фавқулодда вазиятлар вазирлиги ҳузуридаги Радиацион хавфсизлик марказининг тузилмаси 2-иловага* мувофиқ тасдиқлансин. Тугатилаётган Ядро физикаси институтининг ядро реактори ҳамда ядровий ва радиацион хавфсизликни таъминлаш масалалари билан боғлиқ бошқа объектлари Радиацион хавфсизлик марказига топширилсин. Радиацион хавфсизлик маркази Ядро физикаси институтининг ядровий ва радиацион хавфсизлик масалалари билан боғлиқ шартномалари ва контрактлари бўйича ҳуқуқий вориси этиб белгилансин. 8. Тугатиш комиссиясининг таркиби 3-иловага* мувофиқ тасдиқлансин, унинг зиммасига Ўзбекистон Республикаси Фанлар академиясининг Ядро физикаси институтини тугатиш, унга тегишли бўлган мол-мулк, ускуна ва биноларни уларнинг функцияларидан келиб чиққан ҳолда Миллий университет ҳамда Ўзбекистон Республикаси Фавқулодда вазиятлар вазирлиги ҳузуридаги Радиацион хавфсизлик маркази балансларига топшириш билан боғлиқ ташкилий тадбирларни белгиланган тартибда амалга ошириш вазифалари юклансин. 9. Ўзбекистон Республикаси Молия вазирлиги, Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги, Иқтисодиёт вазирлиги Ядро физикаси институтининг 1956 — 1972 йилларда қурилган объектларини халқаро илмий конференциялар ва семинарлар ўтказишга мўлжалланган замонавий инфратузилмани шакллантирган ҳолда уларни зарур мультимедиа ускуналари ва коммуникациялар билан жиҳозлаш, шу жумладан: 200 ўринли мажлислар зали ва 4 та секция аудиториялари бор маъмурий бинони; 600 ўринли зали бўлган бинони (собиқ маданият уйи); таклиф қилинадиган илмий ходимлар учун 30 ўринли меҳмонхона типидаги ётоқхонани капитал реконструкция қилиш учун 2016-2017 йилларда бюджет маблағлари ажратилишини назарда тутсин. 10. Тугатилаётган Ядро физикаси институти ва Амалий физика илмий-тадқиқот институтининг илмий ва муҳандис ходимларини аттестациядан ўтказиш учун 4-иловага* мувофиқ таркибда аттестация комиссияси тузилсин, малакали мутахассислар Миллий университет Физика факультетининг йўналишлар бўйича кафедралари ва лабораторияларига ишга қабул қилинсин. * 1 — 4-иловалар рус тилидаги матнда берилган. 11. Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Миллий университет билан биргаликда: ўн кун муддатда Миллий университетнинг янгиланган низомини тасдиқласин; Ўзбекистон Республикаси Молия вазирлиги билан биргаликда Миллий университетнинг маъмурий-бошқарув ҳамда ўқув-ёрдамчи ходимлари сони ва таркибини тасдиқланган янги ташкилий тузилмага мувофиқ ҳолга келтирсин. 12. Ўзбекистон Республикаси Молия вазирлиги мазкур қарордан келиб чиққан ҳолда Ўзбекистон Республикасининг 2016 йилги республика бюджети харажатлари параметрларига зарур ўзгартишлар киритсин. 13. Ўзбекистон Республикаси Меҳнат вазирлиги Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги, Фанлар академияси билан биргаликда Фанлар академиясининг тугатилаётган Ядро физикаси институтининг бўшаётган ходимларини белгиланган тартибда иш билан таъминлаш чораларини кўрсин. 14. Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Адлия вазирлиги ҳамда бошқа манфаатдор вазирликлар ва идоралар билан биргаликда бир ой муддатда қонун ҳужжатларига ушбу қарордан келиб чиқадиган ўзгартиш ва қўшимчалар тўғрисида Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасига таклифлар киритсин. 15. Мазкур қарорнинг ижросини назорат қилиш Ўзбекистон Республикаси Бош вазирининг биринчи ўринбосари Р. Азимов ва Ўзбекистон Республикаси Бош вазирининг ўринбосари Б. Ходиев зиммасига юклансин. Ўзбекистон Республикаси Президенти И. КАРИМОВ Тошкент ш., 2016 йил 11 май, ПҚ-2527-сон