Korxonamizda tuzilgan jamoa shartnomasiga asosan xodimlarga ularning tug‘ilgan kuni munosabati bilan eng kam ish haqining 2 barobari miqdorida mukofot puli beriladi.O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 173-moddasiga muvofiq, mazkur mukofotlar jismoniy shaxslarning rag‘batlantiruvchi xususiyatga ega to‘lovlar tarkibiga kiritiladimi yoki ularga nisbatan imtiyoz qo‘llaniladimi? Shu haqda batafsil tushuntirish bersangiz.O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 172-moddasiga asosan, ish beruvchi bilan mehnatga oid munosabatlarda bo‘lgan va tuzilgan mehnat shart-nomasiga (kontraktiga) muvofiq ishlarni bajarayotgan jismoniy shaxslarga hisoblanadigan va to‘lanadigan barcha to‘lovlar mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar deb e’tirof etiladi.Bunda, mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar tarkibiga:mehnatga haq to‘lashning qabul qilingan shakllari va tizimlariga muvofiq ishbay narxlar, tarif stavkalari va mansab maoshlaridan kelib chiqqan holda haqiqatda bajarilgan ish uchun hisoblangan ish haqi;ilmiy daraja va faxriy unvon uchun qo‘shimcha to‘lovlar;Soliq kodeksining 173-moddasiga muvofiq rag‘batlantirish xususiyatiga ega to‘lovlar;Soliq kodeksining 174-moddasiga muvofiq kompensatsiya to‘lovlari (kompensatsiya);Soliq kodeksining 175-moddasi-ga muvofiq ishlanmagan vaqt uchun haq to‘lash;predmeti ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish bo‘lgan fuqarolik-huquqiy tusda tuzilgan shartnomalarga muvofiq jismoniy shaxslarga (Soliq kodeksining 169-moddasi ikkinchi qismida ko‘rsatilgan daromadlar bundan mustasno) to‘lovlar;yuridik shaxsning boshqaruv organi (kuzatuv kengashi yoki boshqa shunga o‘xshash organi) a’zolariga yuridik shaxsning o‘zi tomonidan amalga oshiriladigan to‘lovlar;O‘zbekiston Respublikasi mudofaa, ichki ishlar, favqulodda vaziyatlar vazirliklarining, O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilariga, ichki ishlar organlarining oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibiga hamda Davlat bojxona qo‘mitasining xodimlariga xizmatni o‘tashi (xizmat majburiyatlarini bajarishi) munosabati bilan to‘lanadigan pul ta’minoti, pul mukofotlari va boshqa to‘lovlar kiradi.Shuningdek, Soliq kodeksining 173-moddasida rag‘batlantirish xususiyatiga ega to‘lovlar tarkibiga kiruvchi mukofot pullari tarkibi ham keltirilgan.Shu bilan birga, Soliq kodeksining 306-moddasiga muvofiq, Soliq kodek-sining 172-moddasida ko‘rsatilgan ish haqi tarzidagi daromadlar yagona ijtimoiy to‘lov va fuqarolarning byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badalining soliq solish obyektidir.Yuqoridagilardan kelib chiqib, jismoniy shaxslarga beriladigan rag‘batlantirish xususiyatiga ega to‘lovlar (mukofotlar)ga Soliq kodeksida belgilangan tartibda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i, yagona ijtimoiy to‘lov va fuqarolarning byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari hisoblanishi va to‘lanishi lozim.
Комментариев нет:
Отправить комментарий