четверг, 26 мая 2016 г.

Tender ustamasi byudjetga to‘lanmaydi

Biz yagona soliq to‘lovi to‘lovchisimiz, uy-joy obyektini qurish bo‘yicha o‘tkazilgan tender savdosida g‘olib bo‘ldik. Bunda obyekt qiymati savdoga qo‘yilganda 17 foizga oshirildi. Tushuntirish bersangiz, tender qiymati oshirilgan 17 foizlik qiymatdan qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashimiz kerakmi?
Qurilish sohasida islohotlarning amalga oshirilishi va faoliyatni litsenziyalash monitoringi bo‘yicha Respublika komissiyasining 2009 yil 2 fevraldagi 1-sonli bayonnomasi 1-ilovasining «Pudrat qurilish ishlarini bajarish uchun tanlov savdolarida ishtirok etuvchi talabgorlarga soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlariga bog‘liq holda markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan obyektlar qurilishining boshlang‘ich qiymati shakllanishi mexanizmi yuzasidan tushuntirishlar» deb nomlangan III bo‘limiga muvofiq:«Qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) va yagona soliq to‘lovi (YaST) to‘lovchilari bo‘lgan tashkilotlar bir vaqtning o‘zida tanlov savdolari ishtirokchilari hisoblangan holatda QQS va YaST to‘lovchilari – tanlov savdolari ishtirokchilari takliflari o‘zaro buyurtmachining boshlang‘ich qiymati bilan QQS hisobga olinmagan holda solishtiriladi.Tanlov savdolari g‘olibi oferentlarning (oferent – taklif (oferta) kirituvchi savdo ishtirokchisi) qiymat ko‘rsatkichlarini solishtirish yo‘li bilan aniqlanadi, bunda:- QQS to‘lovchisi bo‘lgan g‘olib uchun tanlov savdosi natijalariga ko‘ra, QQS hisobga olinmagan holda belgilangan obyekt qiymati amaldagi stavka bo‘yicha hisoblangan QQS summasiga ko‘payadi;- YaST to‘lovchisi bo‘lgan g‘olib uchun tanlov savdosi natijalariga ko‘ra, QQS hisobga olinmagan holda belgilangan obyekt qiymati quyidagicha belgilanadigan foiz miqdoriga ko‘payadi – QQS stavkasi minus yagona soliq to‘lovining 50 foizlik stavkasi».*O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 222-moddasiga muvofiq «... Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi bo‘lmagan, shuningdek qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashdan ozod qilingan oborotni amalga oshirayotgan yuridik shaxslar hisobvaraq-fakturada qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini ko‘rsatmaydilar hamda «qo‘shilgan qiymat solig‘isiz» degan shtamp bosadi (yozib qo‘yadi)...».Shu munosabat bilan QQSni ixtiyoriy asosda to‘lashga o‘tmagan YaST to‘lovchisi bo‘lgan korxona «Bajarilgan ishlar (qilingan xarajatlar) to‘g‘risida ma’lumotnoma-hisobvaraq-faktura»da buyurtmachiga QQSsiz hamda qiymat quyidagicha aniqlanadigan foiz miqdoriga ko‘paymagan holda bajarilgan ishlar hajmini taqdim etadi: QQS stavkasi minus YaSTning 50 foizlik stavkasi, bunda tegishlicha, tender bahosi ko‘paygan 17 fo-izlik QQS summasi byudjetga to‘lanmaydi.Ishlar qiymatining 17 foizga (1,17) (QQS stavkasi minus YaSTning 50 foizlik stavkasi) ko‘payishi faqat tanlov savdolari g‘olibini aniqlash uchun qabul qilinadi.YaST to‘lovchilari bo‘lgan korxonalar byudjet bilan hisob-kitobni umumbelgilangan tartibda amalga oshiradi. Bunda ular xom ashyo, materiallar bo‘yicha QQS summasini, agar xom ashyo va materiallar QQS to‘lovchilaridan xarid qilingan bo‘lsa, QQS bilan ishlar qiymati hisobiga hisobdan chiqaradi.Shuningdek, Soliq kodeksining 118-moddasiga muvofiq, qo‘shilgan qiymat solig‘i solinmaydigan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishda, shuningdek qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi bo‘lmagan mahsulot yetkazib beruvchilar tomonidan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobvaraq-fakturada («Bajarilgan ishlar (qilingan xarajatlar) to‘g‘risida ma’-lumotnoma-hisobvaraq-faktura»da)aks ettirganlik mahsulot yetkazib beruvchi-larga hisobvaraq-fakturada ko‘rsatilgan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasining 20 foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi. Bunda mahsulot yetkazib beruvchi hisobvaraq-fakturada ko‘rsatilgan soliq summasini byudjetga to‘lashi shart.Ya’ni, agar QQS to‘lovchisi bo‘lmagan korxona hisobvaraq-fakturada («Bajarilgan ishlar (qilingan xarajatlar) to‘g‘risida ma’lumotnoma-hisob-varaq-faktura»da)QQSni ajratib ko‘rsatgan bo‘lsa, u ajratib ko‘rsatilgan QQS summasini va QQS summasidan 20 foiz miqdorida jarimani ham to‘lashi lozim.

Комментариев нет:

Отправить комментарий