воскресенье, 22 мая 2016 г.

Yashash uchun mo‘ljallanmagan obyektlarga yer solig‘i hisoblanadi

  Savdo majmuasining ikkinchi qavati jismoniy shaxs sifatida mening nomimga rasmiylashtirilgan. Ushbu obyektni tadbirkorlarga ijaraga bersam ikkinchi qavat uchun jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i hisoblanadimi?O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga asosan mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida yer uchastkalariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar, shuningdek, yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo‘jaliklari jismoniy shaxslarning yer solig‘i to‘lovchilari bo‘lib hisoblanadi.Mazkur kodeksning 288-moddasida soliq solish obyektlari ko‘rsatilgan bo‘lib, unga ko‘ra tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun foydalanishga yoki ijaraga berilgan yer uchastkalari jismoniy shaxslarning yer solig‘i obyekti bo‘lib hisoblanadi.Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organning yer uchastkalarining maydoniga doir ma’lumotlari soliq solinadigan baza bo‘lib hisoblanadi.Tadbirkorlik faoliyatida foydalaniladigan yer uchastkalari uchun yoxud uylar, dala hovli imoratlari, yakka tartibdagi garajlar va boshqa imoratlar, inshootlar, joylar yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berilganda, shuningdek jismoniy shaxslarning mulkida bo‘lgan, yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar egallagan yer uchastkalari uchun jismoniy shaxslardan yer solig‘i yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lash uchun belgilangan stavkalar bo‘yicha undiriladi.Yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 22 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining 2016 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida»gi PQ-2455-sonli qarorining 20-ilovasida belgilangan.Yer solig‘i yer uchastkasining mulkdori, yerga egalik qiluvchi, yerdan foydalanuvchi yoki ijarachining yashash joyidan qat’i nazar, yer uchastkasi joylashgan hududdagi mahalliy byudjetga har yili 15 oktabrga qadar to‘lanadi.Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, savdo majmuasining ikkinchi qavati sizga yashash uchun mo‘ljallanmagan obyekt sifatida rasmiylashtirilganligi hamda ushbu obyektni tadbirkorlik subyektlariga ijaraga berishingiz sababli, ushbu obyekt uchun jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘i bilan birgalikda jismoniy shaxslarning yer solig‘ini yuridik shaxslarning mol-mulk va yer soliqlari uchun belgilangan stavkalar bo‘yicha to‘lashingiz lozim bo‘ladi.Shu bilan birga, jismoniy shaxslarning mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlari mulkiy daromadlar tarkibiga kirib, jismoniy shaxslarning mol-mulklari yuridik shaxslarga ijaraga berilganda jismoniy shaxslarning daromad solig‘i to‘lov manbaida ushlab qolinadi. Agar ushbu mol-mulk jismoniy shaxsga ijaraga berilgan taqdirda, ya’ni to‘lov manbaida soliq solinmagan bo‘lsa, jismoniy shaxsning daromadlariga deklaratsiya asosida soliq hisoblanadi.

Комментариев нет:

Отправить комментарий