четверг, 26 мая 2016 г.

Deklaratsiya asosida hisoblangan daromad solig‘ini o‘z vaqtida to‘lashni unutmang!

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 193-moddasiga muvofiq, jismoniy shaxslar – O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari tomonidan daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyaning ma’lumotlari asosida hisoblab chiqarilgan, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i o‘tgan soliq davridan keyingi yilning 1 iyunidan kechiktirmay to‘lanishi lozim. Davlat soliq idoralariga daromadlari to‘g‘risida deklaratsiyani taqdim etgan soliq to‘lovchilardan hisoblab chiqarilgan soliqlarni qaysi muddatgacha to‘lash kerakligi to‘g‘risida ko‘plab murojaatlar bo‘lmoqda. Shuni e’tiborga olgan holda, quyida mazkur masala yuzasidan tushuntirish berib o‘tamiz. Avvalo, jismoniy shaxslarning qanday daromadlari deklaratsiya asosida soliqqa tortilishiga aniqlik kiritib o‘tsak. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 189-moddasiga muvofiq, deklaratsiya asosida soliq solinadigan daromadlarga O‘zbekiston Respublikasi rezidentlarining:- mulkiy daromadlar, agar bu daromadlarga to‘lov manbaida soliq solinmagan bo‘lsa;- fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratganlik hamda ulardan foydalangan-lik uchun mualliflik haqi tariqasida olingan daromadlar;- asosiy bo‘lmagan ish joyidan olingan moddiy naf tarzidagi daromadlar;- ikki yoki undan ko‘p manbadan olingan soliq solinadigan daromadlar;- O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlar;- soliq agentlari bo‘lmagan manbalardan olingan daromadlari kiradi. Agar soliq to‘lovchining asosiy bo‘lmagan ish joyidan olgan daromadlaridan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i uning arizasiga ko‘ra belgilangan eng yuqori stavka qo‘llanilgan holda ushlab qolingan bo‘lsa, daromadlar to‘g‘risida deklaratsiya taqdim etilmaydi va o‘z navbatida qo‘shimcha to‘lovlar yuzaga kelmaydi. Xuddi shuningdek, jismoniy shaxslarning mol-mulklari yuridik shaxslarga ijaraga berilganda jismoniy shaxslarning daromad solig‘i to‘lov manbaida ushlab qolinadi. Agar ushbu mol-mulk jismoniy shaxsga ijaraga berilgan taqdirda, ya’ni to‘lov manbaida soliq solinmagan bo‘lsa, jismoniy shaxsning daromadlariga deklaratsiya asosida soliq hisoblanadi.To‘lov muddatlari: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 193-moddasida deklaratsiya bo‘yicha soliq to‘lash tartibi belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra jismoniy shaxslar – O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyaning ma’lumotlari asosida hisoblab chiqarilgan, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini o‘tgan soliq davridan keyingi yilning 1 iyunidan kechiktirmay to‘lashlari lozim. Ya’ni, 2015 yil uchun taqdim etilgan deklaratsiya asosida hisoblangan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i joriy yilning 1 iyuniga qadar to‘lanishi lozim. Mol-mulkni ijaraga berishdan daromadlar oladigan jismoniy shaxslar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini taqdim etilgan dastlabki deklaratsiya asosida har oyda daromad olingan oydan keyingi oyning beshinchi kunigacha to‘laydilar. Yil tugagach, jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliqning yillik summasi haqiqatda olingan daromad bo‘yicha hisoblab chiqarilib, agar o‘tgan yil mobaynida to‘langan summalar o‘rtasida farq kelib chiqsa, u joriy yilning 1 iyunidan kechiktirmay to‘lanadi. Jismoniy shaxslar – O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari hisoblab chiqarilgan daromad solig‘ini xorijiy davlatda joylashgan bank hisobvarag‘idan chet el valyutasida ham to‘lashi mumkin. Bunda jismoniy shaxslardan olinadigan, milliy valyutada ifodalangan soliq jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘langan sanada O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs bo‘yicha chet el valyutasida qayta hisoblab chiqiladi.Jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliq to‘langan sana quyidagilardir: Yuridik shaxslar yoki jismoniy shaxslar tomonidan bankdagi hisobvarag‘idan to‘langan taqdirda – ularning bankdagi hisobvarag‘idan mablag‘lar hisobdan chiqarilgan kun;jismoniy shaxslar tomonidan naqd pul mablag‘lari kiritilgan taqdirda – bank kassasiga mablag‘lar to‘langan sana. Davlat soliq xizmati organlari tomonidan hisoblab chiqariladigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lash to‘lov xabarnomasida ko‘rsatilgan muddatlarda amalga oshirilishi kerak. Eslatib o‘tamiz, deklaratsiya asosida hisoblangan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i o‘z vaqtida to‘lanmagan taqdirda, Soliq kodeksining 120-moddasiga muvofiq, to‘lovning belgilangan muddatidan keyingi kundan e’tiboran muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun, to‘lov kuni ham shunga kiradi, 0,033 foiz miqdorida penya hisoblashga sabab bo‘ladi hamda Kodeksning 62-moddasiga asosan soliq qarzini majburiy undirish choralari qo‘llaniladi.

Комментариев нет:

Отправить комментарий