среда, 1 июня 2016 г.

Asosiy vositalar qanday tartibda sotiladi?

Korxonamizda eng kam oylik ish haqining 100 baravaridan kam bo‘lgan asosiy vositalar mavjud. Korxonamiz o‘zining moliyaviy ahvolini yanada yaxshilash maqsadida ushbu asosiy vositalarni sotmoqchi. Ammo sotmoqchi bo‘lgan asosiy vositalarni buxgalteriya hisobida qanday aks ettirishni bilmayapmiz. Aytingchi, ushbu asosiy vositalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri qoldiq qiymatida sotiladimi yoki asosiy vositalarning yil boshida qayta baholangan qiymati, ya’ni 85 schyotdagi qiymati qo‘shilgan holda sotiladimi?
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004 yil 29 avgustda 1401-son bilan ro‘yxatga olingan «Asosiy vositalar qiymatini balansdan chiqarish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomning 2-bandiga muvofiq, asosiy vositalar qiymati balansdan: a) tugatish; b) sotish; v) ayirboshlash; g) bepul (tekinga) berish; d) ustav kapitaliga ta’sischi ulushi ko‘rinishida berish;ye) moliyaviy ijara (lizing) shartnomasi bo‘yicha berish*; j) kamomad yoki talafot aniqlanishi; z) ishtirokchining yuridik shaxs ishtirokchilari tarkibidan chiqishida asosiy vositalar bilan hisob-kitob qilish natijasida hisobdan chiqariladi. Ushbu Nizomning 23-bandiga asosan asosiy vositalar:
a) byudjet tashkilotlari tomonidan – tegishli qonun hujjatlariga muvofiq;
b) unitar korxonalar tomonidan xo‘jalik yuritish huquqi bilan ularga tegishli bo‘lgan ko‘chmas asosiy vositalar – korxona mol-mulkining mulkdori roziligi bilan, qolgan asosiy vositalar esa – qonun hujjatlariga muvofiq mustaqil ravishda;
v) davlat korxonalari tomonidan – korxona muassisi roziligi bilan;
g) boshqa korxona va tashkilotlar tomonidan – qonun hujjatlariga muvofiq mustaqil ravishda sotiladi. Shuningdek, ushbu Nizomning 27-bandiga asosan unitar, davlat va boshqa korxona hamda tashkilotlarda asosiy vositalar qiymatini sotish munosabati bilan ularni balansdan hisobdan chiqarish buxgalteriya hisobida:
a) asosiy vositalarning sotilgan (realizatsiya) qiymati summasiga:«Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan hisobvaraqlar» 4010-hisob-varag‘i debeti;«Asosiy vositalarning chiqib ketishi» 9210-hisobvarag‘i debeti;
b) qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab yozganda:«Asosiy vositalarning chiqib ketishi» 9210-hisobvarag‘i debeti;«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar (turlari bo‘yicha)» 6410-hisobvarag‘i krediti;
v) asosiy vositalarning dastlabki qiymatini hisobdan chiqarganda: «Asosiy vositalarning chiqib ketishi» 9210-hisobvarag‘i debeti;asosiy vositalarni hisobga oluvchi hisobvaraq (0100) krediti;
g) asosiy vositalarning jamlangan eskirishini hisobdan chiqarganda:asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi hisobvaraq (0200) debeti; «Asosiy vositalarning chiqib ketishi» 9210-hisobvarag‘i krediti;
d) sotish bo‘yicha xarajatlar summasiga: «Asosiy vositalarning chiqib ketishi» 9210-hisobvarag‘i debeti;materiallar (1000), mehnatga haq to‘lash bo‘yicha xodimlar bilan hisob-kitoblar (6700), sug‘urta va davlatning maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni hisobga oluvchi (6500) hisob-varaqlar va boshqa tegishli hisobvaraqlar krediti;ye) rezerv kapitalini hisobga oluv-chi hisobvaraqlarda hisobga olinadigan asosiy vositalarning ushbu obyektini qayta baholash natijalari summasiga (saldoga): «Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar» 8510-hisobvarag‘i debeti; «Asosiy vositalarning chiqib ketishi» 9210-hisobvarag‘i krediti;
j) asosiy vositalarni sotishdan olingan foyda summasiga:«Asosiy vositalarning chiqib ketishi» 9210-hisobvarag‘i debeti; «Asosiy vositalarning chiqib ketishidan olingan foyda» 9310-hisobvarag‘i krediti;
z) asosiy vositalarni sotishdan ko‘rilgan zarar summasiga: «Boshqa operatsion xarajatlar» 9430-hisobvarag‘i debeti; «Asosiy vositalarning chiqib keti-shi» 9210-hisobvarag‘i kreditida aks ettiriladi.Adliya vazirligi tomonidan 2004 yil 20 yanvarda 1299-son bilan ro‘yxatga olingan «Asosiy vositalar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (5-sonli BHMS)ning 3-bandiga asosan, korxona tomonidan uzoq muddat davomida xo‘jalik faoliyatini yuritishda mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish jarayonida yoxud ma’muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish maqsadida foydalanish uchun tutib turiladigan moddiy aktivlar asosiy vositalar hisoblanadi. Ushbu 5-sonli BHMSning 4-bandiga muvofiq, asosiy vositalar tarkibiga quyidagi mezonlarga bir vaqtning o‘zida javob beradigan moddiy aktivlar kiritiladi:a) xizmat muddati bir yildan ortiq bo‘lgan;b) bir birlik (to‘plam) uchun qiymati O‘zbekiston Respublikasida (xarid paytida) belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdorining ellik baravaridan ortiq bo‘lgan buyumlar.Korxona rahbari hisobot yilida buyumlarni asosiy vositalar tarkibida hisobga olish uchun ular qiymatining eng kam chegarasini belgilashga haqli.Xizmat muddati va qiymatidan qat’i nazar, quyidagilar asosiy vositalar tarkibiga kiritilmaydi:a) maxsus asboblar va moslamalar (muayyan buyumlarni turkumlab va yalpi ishlab chiqarish uchun yoki yakka tartibdagi buyurtmalarni tayyorlash uchun mo‘ljallangan, maqsadli yo‘naltirilgan asboblar va moslamalar);b) maxsus va sanitariya kiyim-kechaklari, maxsus poyabzallar;v) ko‘rpa-to‘shak anjomlari;g) kanselariya anjomlari (kalkulyatorlar, stol ustiga qo‘yiladigan asboblar va boshqalar);d) oshxona anjomlari, shuningdek oshxona uchun dasturxon va sochiqlar;ye) tiklanishi bo‘yicha xarajatlar qurilish-montaj ishlari tannarxiga kiritiladigan vaqtinchalik (notitul) inshootlar, moslamalar va qurilmalar;j) bir yildan kam foydalanish muddatiga ega almashinadigan uskunalar;z) ov qurollari (trallar, yoyma to‘rlar, qarmoqlar, matraplar, merejalar va boshqalar).Asosiy vositalar tarkibida, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq korxona mulkiga topshirilgan yer uchastkalari ham hisobga olinadi.Ko‘p yillik ko‘chatlarga, yerni tubdan yaxshilashga, ijaraga olingan asosiy vositalar obyektlariga kapital qo‘yilmalar har yili butun ishlar majmui yakunlangan sanadan qat’i nazar, hisobot yilida foydalanishga qabul qilingan asosiy vositalarga tegishli xarajatlar summasida asosiy vositalar tarkibiga kiritiladi.Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 132-moddasiga asosan soliq to‘lovchining ushbu Kodeksning 133-moddasiga muvofiq, asosiy vositalar va boshqa mol-mulk chiqib ketishidan olinadigan daromadlari boshqa daromadlari, ya’ni tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) ishlab chiqarish va realizatsiya qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan operatsiyalardan olinadigan daromadlari hisoblanadi.Soliq kodeksining 133-moddasiga asosan, buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadigan asosiy vositalar va boshqa mol-mulkning chiqib ketishidan olinadigan foyda asosiy vositalar va boshqa mol-mulkning chiqib ketishidan olinadigan daromaddir.Asosiy vositalar va boshqa mol-mulk obyektlarining chiqib ketishidan olinadigan moliyaviy natijani (foydani yoki zararni) aniqlashda asosiy vositalar va boshqa mol-mulk obyektlarining ilgarigi qayta baholashlardagi ortgan summasining ushbu asosiy vositalar va boshqa mol-mulk obyekti qiymatining ilgarigi qayta baholashlardagi kamayishi summasidan ortgan qismi asosiy vositalar va boshqa mol-mulkning chiqib ketishidan olingan daromad tarkibiga kiritiladi.Bundan tashqari, Soliq kodeksining 353-moddasiga asosan, turli soliq solish obyektlari va (yoki) yagona soliq to‘lovi stavkalari belgilangan bir necha faoliyat turlari bilan shug‘ullanadigan yagona soliq to‘lovini to‘lovchilar shu faoliyat turlari bo‘yicha alohida-alohida hisob yuritishlari hamda soliq to‘lovchilarning tegishli toifalari uchun belgilangan stavkalar bo‘yicha yagona soliq to‘lovini to‘lashlari kerak.Bunda ushbu Kodeksning 132-moddasida ko‘rsatilgan daromadlarga asosiy (soha) faoliyat turi uchun belgilangan yagona soliq to‘lovi stavkalari bo‘yicha soliq solinadi.Shunga muvofiq, asosiy vositalar va boshqa mol-mulkning chiqib ketishidan olinadigan daromadlar asosiy (soha) faoliyat turi uchun belgilangan yagona soliq to‘lovi stavkalari bo‘yicha soliq solinishi lozim.Bundan tashqari, agar sotiladigan asosiy vosita qonunchilikda belgilangan tartibda o‘rnatilmagan va mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatishda foydalanilmagan bo‘lsa, bunda sotilgan asosiy vosita tovarlarni realizatsiya qilish hisoblanadi.Bunda, yagona soliq to‘lovini hisoblashda tovarlarni realizatsiya qilish-dan tushgan tushum soliq solish obyekti bo‘lib hisoblanadi.*Tezkor ijara shartnomasi bo‘yicha asosiy vositalarni berish chog‘ida asosiy vositalar qiymati balansdan hisobdan chiqarilmaydi.

Комментариев нет:

Отправить комментарий