Korxonamiz 2016 yilning 3 fevralida Davlat unitar korxonasi – savdo kompleksi shaklida tashkil etildi. OKONX:71270, ishlovchilar soni shtatlar jadvali bo‘yicha 16 nafardan iborat. Tushuntirish bersangiz, korxonamiz mazkur faoliyat turi bilan shug‘ullanganda qaysi soliq turlari bo‘yicha soliq to‘lash majburiyati yuzaga keladi?
Bozor va savdo kompleksini tashkil etish tartibiO‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 11 oktabrdagi 439-sonli qarori bilan «Kichik tadbirkorlik (biznes) subyektlariga tegishli bo‘lgan korxonalar va tashkilotlar Klassifikatsiyasi» tasdiqlangan. Mazkur Klassifikatsiyaning 71270 faoliyat turlari xos raqamida «Chakana savdo bozorlari» satri keltirilgan.Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 avgustdagi «Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 253-sonli qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi bozorlarida savdo faoliyatini tashkil etish Qoidalari tasdiqlangan.Ushbu Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi bozorlarida savdo faoliyatini tashkil etishga qo‘yiladigan asosiy talablarni hamda O‘zbekiston Respublikasida savdo komplekslari faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.O‘zbekiston Respublikasi bozorlarida savdo faoliyatini tashkil etish Qoidalariga muvofiq bozorlar:dehqon (oziq-ovqat) bozori;chorva mollari, parrandalar va boshqa hayvonlar bozori;ilgari foydalanishda bo‘lgan mol-mulkni sotish bozori;dam olish kuni yarmarkasi kabi turlarga ajratilgan.Bozorning faoliyatini tashkil etish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining bozor tashkil etish uchun yer uchastkasi ajratish to‘g‘risidagi qarori asosida dam olish kuni yarmarkalari tashkil etish esa mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari asosida amalga oshiriladi.Qarorda bozorning joylashgan o‘rni, ixtisoslashuvi, ish tartibi, undagi savdo o‘rinlarining soni va joylashishi majburiy tartibda belgilanadi.Mazkur Qoidalarning 7-bandiga asosan, bozor faoliyatini tashkil etish bozor tashkil etish uchun ajratilgan yer uchastkasini ijaraga oluvchi yuridik shaxs tomonidan ta’minlanadi. Ko‘rsatib o‘tilgan yuridik shaxs aksiyadorlik jamiyati shaklida yoki mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida tashkil etiladi, uning muassislaridan bittasi majburiy tartibda ustav fondidagi ulushi kamida 51 foizga ega bo‘lgan mahalliy davlat hokimiyati organi bo‘lishi kerak.O‘zbekiston Respublikasida savdo komplekslari faoliyatini tashkil etish Qoidalariga muvofiq savdo kompleksi deganda chakana savdo va xizmatlar ko‘rsatish sohasining turg‘un obyektlari joylashgan yagona yer uchastkasida qurilgan bino va (yoki) inshootga yoxud binolar va (yoki) inshootlar kompleksiga mulk huquqi bilan yoki boshqa qonuniy asosda egalik qiluvchi yuridik shaxs tushuniladi.Savdo kompleksi hududida joylashgan chakana savdo va umumiy ovqatlanish xizmatlari ko‘rsatishning turg‘un obyektlari faoliyati O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo hamda umumiy ovqatlanish mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish (xizmatlar ko‘rsatish) qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.Savdo kompleksi faoliyatini tashkil etish yuridik shaxs tomonidan unga foydalanish uchun yoxud ijaraga berilgan yer uchastkasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ta’minlanadi. Savdo kompleksi faoliyat ko‘rsatishi uchun foydalanishga berilgan yer uchastkasidan boshqa maqsadlarda foydalanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ko‘rsatib o‘tilgan yuridik shaxs har qanday tashkiliy-huquqiy shaklda tashkil etiladi.Faoliyat ko‘rsatayotgan bozor negizida qayta tashkil etilgan savdo kompleksining muassislaridan bittasi majburiy tartibda ustav fondidagi ulushi kamida 51 foiz bo‘lgan mahalliy davlat hokimiyati organi bo‘lishi kerak.Shuningdek, savdo kompleksini tashkil etish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining savdo kompleksi tashkil etish uchun yer uchastkasi ajratish to‘g‘risidagi qarori asosida amalga oshiriladi.Mahalliy davlat hokimiyati organlarining savdo kompleksini tashkil etish to‘g‘risidagi qarorida savdo kompleksining joylashgan o‘rni, undagi turg‘un savdo shoxobchalarining soni belgilab qo‘yiladi.Shu bilan birga, tashkil etilayotgan savdo komplekslari ustav fondining eng kam miqdori yuridik shaxslarning tegishli tashkiliy-huquqiy shakllari uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdorga muvofiq bo‘lishi kerak.Soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlariBozorlarga soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 62-bobida belgilab berilgan.Bozorlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuridik shaxs shaklida tashkil etiladi.Bozorlarning daromadlariga patta to‘lovi tushumlari va boshqa tushumlar kiradi.Patta to‘lovini bozorlarda tovarlar, buyumlar va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sotishni amalga oshirayotgan jismoniy shaxslar to‘laydi.Patta to‘lovi har bir sotish joyidan savdo qilingan har bir kun uchun yoki har bir tovar, buyum, chorva mol uchun undiriladigan qat’iy belgilangan to‘lovdir.Jismoniy shaxs bilan tuzilgan ijara shartnomasiga binoan savdo joyi uchun ijara haqi to‘lanadigan hollarda, patta to‘lovi summasi ijara haqi tarkibiga kiritiladi.Patta to‘lovi har bir to‘lovchidan naqd pulli yoki naqd pulsiz shaklda, bir vaqtning o‘zida fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasining chekini yoki terminal chekini berish orqali undiriladi.Patta to‘lovi miqdorlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanadi.Soliq kodeksining 386-moddasiga asosan, bozorlarning boshqa tushumlari jumlasiga quyidagilar kiradi:1) ijara to‘lovidan olingan daromadlar. Ijara to‘lovi bozor ma’muriyatining tasarrufida bo‘lgan binolar, inshootlar hamda boshqa mol-mulkdan foydalanganlik uchun yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan to‘lanadi;2) sotuvchilarga va sotib oluvchilarga xizmatlar ko‘rsatishdan olingan daromadlar;3) bozor ma’muriyati tomonidan amalga oshiriladigan qishloq xo‘jaligi tovarlarini tayyorlash, xarid qilish va realizatsiya qilishdan olingan daromadlar (dehqon bozorlari uchun). Bunda realizatsiya qilingan tovarlarning xarid qiymati bilan sotish qiymati o‘rtasidagi farq daromaddir;4) qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa tushumlar.Ijara to‘lovining va bozor ma’muriyati ko‘rsatadigan xizmatlar qiymatining miqdorlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanadi.Shuningdek, Soliq kodeksining 387-moddasiga asosan, bozorlarning patta to‘lovi va boshqa tushumlaridan Soliq kodeksida nazarda tutilgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar undirilmaydi.Bozorlar zimmasida to‘lov manbaida soliqlar va majburiy to‘lovlarni undirish bo‘yicha majburiyatlar hamda byudjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga quyidagilarni to‘lash majburiyatlari saqlanib qoladi:bojxona to‘lovlari;yagona ijtimoiy to‘lov;davlat boji;tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlar ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im;davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar;avtotransport vositalarini olganlik va (yoki) vaqtinchalik olib kirganlik uchun Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘im.Bozorlar daromadlarining umumiy summasidan, bozorlar daromadidan to‘lanadigan davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar chegirib tashlangandan keyin qolgan mablag‘larning 50 foizi bozorlar joylashgan joydagi tegishli mahalliy byudjetlarga belgilangan tartibda yo‘naltiriladi. Qolgan 50 foizi bozorlar ma’muriyati tasarrufida qoladi va ulardan joriy xarajatlarni qoplash, rekonstruksiya qilish, obodonlashtirish, bozorlar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarning ro‘yxatini kengaytirish, sifatini yaxshilash uchun foydalaniladi.Qat’iy belgilangan soliq solinadigan faoliyat turlari bozorlar tomonidan amalga oshirilganda, bunday faoliyatdan olingan daromadlarga Soliq kodeksining 58-bobiga muvofiq qat’iy belgilangan soliq solinadi.Olingan daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni bozorlar soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tasdiqlagan shaklda taqdim etadi.Bozorlar tomonidan olingan daromadlar bo‘yicha soliq hisoboti shakllari Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2013 yil 4 martdagi 23, 2013-8-sonli qarorining 16-ilovasi (ro‘yxat raqami 2439, 2013 yil 22 mart)ga muvofiq tasdiqlangan.Bozorlar tomonidan mablag‘larni byudjetga o‘tkazish olingan daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish muddatidan kechiktirmasdan bir oyda bir marta amalga oshiriladi.Soliq kodeksining 62-bobidagi mazkur qoidalar ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 51 foizdan kam bo‘lmagan yuridik shaxslar – savdo komplekslariga nisbatan tatbiq etiladi.Yuqoridagilardan kelib chiqib, korxona ustav fondida (ustav kapitali) davlat ulushi 51 foizdan kam bo‘lmagan yuridik shaxs – savdo kompleksi sifatida tashkil etilgan bo‘lsa, mazkur holatda soliqlar Soliq kodeksining 62-bobida nazarda tutilgan tartibda to‘lanadi.
Комментариев нет:
Отправить комментарий