четверг, 2 июня 2016 г.

Qoldiq qiymatiga kamaytirilishi mumkin

Mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi qo‘shma korxona 2000 yilda tashkil etilgan bo‘lib, asosiy faoliyat turi gilam va gilam mahsulotlari ishlab chiqarishdan iborat. Korxona byudjet va byudjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalarga umumbelgilangan soliq va majburiy to‘lovlarni hisoblab to‘lovchi korxona sifatida ro‘yxatdan o‘tgan.O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 269-moddasi 16-bandiga asosan, yuridik shaxsning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarishda soliq solinadigan baza ko‘pi bilan o‘n yil davomida ishlatib kelinayotgan mashina va asbob-uskunalarning o‘rtacha yillik qoldiq qiymatiga (o‘rtacha yillik qiymatiga) kamaytirilishi nazarda tutilgan.Shundan kelib chiqqan holda, uzoq muddatli kredit (lizing)ga olingan mashina va asbob-uskunalarning o‘rtacha yillik qoldiq qiymati (o‘rtacha yillik qiymati) mol-mulk solig‘i bazasidan kamaytirilishi yoki kamaytirilmasligi yuzasidan tushuntirish berishingizni so‘raymiz.O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 266-moddasiga muvofiq, asosiy vositalar, shu jumladan, moliyaviy ijara (lizing) shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar mol-mulkka soliq solish obyekti hisoblanishi belgilangan.Mazkur Kodeksning 269-moddasi birinchi qismi 16-bandiga asosan, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq hisoblab chiqarilayotganda soliq solinadigan baza ko‘pi bilan o‘n yil davomida ishlatib kelinayotgan mashina va asbob-uskunalarning o‘rtacha yillik qoldiq qiymatiga (o‘rtacha yillik qiymatiga) kamaytirilishi belgilangan.O‘zbekiston Respublikasining 5-sonli Buxgalteriya hisobining milliy standarti «Asosiy vositalar»ning 7-bandiga asosan moliyaviy ijara (lizing) shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning miqdori korxona balansiga kiritilishi lozimligi belgilab qo‘yilgan.Yuqoridagilardan kelib chiqib, 5-son-li Buxgalteriya hisobining milliy standarti «Asosiy vositalar»ning 7-bandiga asosan moliyaviy ijara (lizing) shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning miqdori korxona balansiga kiritilgan bo‘lsa, Soliq kodeksining 269-moddasi 16-bandiga asosan, ko‘pi bilan o‘n yil davomida ishlatib kelinayotgan mashina va asbob-uskunalarning o‘rtacha yillik qoldiq qiymatiga (o‘rtacha yillik qiymatiga) kamaytirilishi mumkin.

Комментариев нет:

Отправить комментарий