четверг, 17 марта 2016 г.

Daromad solig‘i, sug‘urta badali hamda yagona ijtimoiy to‘lov hisoblanishi lozim

Korxonaning 2015 yildagi asosiy faoliyat turi noturar obyektlarni ijaraga berishdan iborat. Firma o‘zining bitta obyektini ijaraga beradi va ushbu obyekt bo‘yicha barcha kommunal to‘lovlar ijaraga oluvchi tomonidan to‘lanadi. Men ushbu firmada yagona xodimman va obyektni ijaraga berish har kunlik ishlashni talab etmaganligi sababli, 2015 yil fevral oyidan to‘liq bo‘lmagan ish haftasiga o‘tdim, haftasiga 1 kun ishlayman.Mehnat kodeksining 119-moddasiga asosan, xodim bilan ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga binoan ishga qabul qilish chog‘ida ham, keyinchalik ham to‘liqsiz ish kuni yoki to‘liqsiz ish haftasi belgilab qo‘yilishi mumkin. Ish beruvchi ushbu Kodeksda, shuningdek mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan hollarda xodimning iltimosiga ko‘ra to‘liqsiz ish vaqtini belgilab qo‘yishi shart.To‘liqsiz ish vaqti sharti bilan ishlash xodimning yillik asosiy mehnat ta’tilining muddatini, mehnat stajini hisoblashni hamda boshqa mehnat huquqlarini biron-bir tarzda cheklashga asos bo‘lmaydi va ishlangan vaqtga yoki ishlab chiqarilgan mahsulotga mutanosib ravishda haq to‘lanadi deyilgan.Oylik ish haqim 360000 so‘mni, ya’ni mehnatga haq to‘lashning Yagona tarif setkasi eng kam me’yoridan kam bo‘lmagan miqdorni tashkil etadi. 2015 yilda haqiqatda ishlagan kunim 73 kunni, bir yillik daromadim 1014105 so‘mni tashkil etdi. Daromadim ishlagan kunlarimga nisbatan hisoblaganda, ya’ni eng kam ish haqining 1 baravarigacha bo‘lgan daromadni jami 12 oyda 1420800 (118100:12) so‘mni tashkil etmaganligi sababli, jismoniy shaxslardan undiriladigan daromad solig‘i hisoblanmadi.Qolgan soliqlar qonunchilikda belgilangan tartibda to‘liq hisoblangan. Menga soliq inspeksiyasida mehnatga haq to‘lashning Yagona tarif setkasi bo‘yicha birinchi razryaddan kam ish haqi hisoblanganligiga asoslanib jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha soliq hisobotini qabul qilishmadi.Shunga muvofiq quyidagilar yuzasidan tushuntirish bersangiz: 1. Firmaning ish hajmiga qarab haftada 1 kun ishlashim mumkinmi? 2. Ishlagan kunimga qarab ish haqi olishga haqqim bormi? 3. Oylik ish haqim ishlagan kunimga qarab Yagona tarif setkasining birinchi razryadidan kam bo‘lishi mumkinmi? 4. Hisoblangan ish haqi va to‘langan soliqlar bo‘yicha qonunbuzilish holatlari mavjudmi?
  Korxona direktoriO‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 119-moddasiga asosan, xodim bilan ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga binoan ishga qabul qilish chog‘ida ham, keyinchalik ham to‘liqsiz ish kuni yoki to‘liqsiz ish haftasi belgilab qo‘yilishi mumkin.Fuqarolik kodeksining 153-moddasiga muvofiq, mehnat haqining miqdori ish beruvchi bilan xodim o‘rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi. Bunda mehnat haqi qonun hujjatlari bilan belgilangan eng kam miqdordan oz bo‘lishi mumkin emas va uning eng ko‘p miqdori biron-bir tarzda cheklanmaydi.Ushbu Kodeksning 155-moddasiga asosan, muayyan davr uchun belgilangan mehnat normasini va mehnat vazifalarini to‘liq bajargan xodimning oylik mehnat haqi qonun hujjatlarida Mehnatga haq to‘lash yagona tarif setkasining birinchi razryadi bo‘yicha belgilangan miqdordan oz bo‘lishi mumkin emas.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 30 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining 2012 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida»gi PQ-1675-sonli qarorining 4-bandiga muvofiq, 2012 yilning 1 yanvaridan boshlab mehnatga haq to‘lash Yagona tarif setkasining boshlang‘ich razryadi etib birinchi razryad belgilangan. Respublikaning barcha tashkilotlarida mehnat haqi miqdori mehnatga haq to‘lashning Yagona tarif setkasi bo‘yicha birinchi razryaddan kam bo‘lmagan holda belgilangan.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 21 iyuldagi «Mehnatga haq to‘lashning yagona tarif setkasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi 206-sonli qarorining 1-ilovasi bilan mehnatga haq to‘lashning yagona tarif setkasi belgilangan. Unga muvofiq, mehnatga haq to‘lashning 1 razryadi eng kam ish haqining 2,476 tarif koeffitsiyentida hisoblanishi lozim. Bunda eng kam ish haqi 322474 so‘mni (130240*2,476=322474 so‘m) tashkil etadi.«Yagona ijtimoiy to‘lovning eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona ijtimoiy to‘lovni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risida»gi Nizomning (ro‘yxat raqami 2095, 2010 yil 13 aprel) 1-bandiga muvofiq, 2009 yilning 1 yanvaridan boshlab, YaIT to‘lovchilari YaITni O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan tartibda tegishli yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilangan stavka bo‘yicha, biroq:fermer xo‘jaliklari har bir xodimi uchun oyiga minimal ish haqining 50 foizi miqdoridan kam bo‘lmagan miqdorda;mikrofirmalar va kichik korxonalar (fermer xo‘jaliklari bundan mustasno) har bir xodimi uchun oyiga minimal ish haqining 65 foizi miqdoridan kam bo‘lmagan miqdorda;qolgan to‘lovchilar har bir xodim uchun oyiga bir minimal ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorda yagona ijtimoiy to‘lovning hisoblanishi belgilandi.Ushbu Nizom quyidagilarga tatbiq etilmaydi:a) ixtisoslashtirilgan sexlar, uchastkalar va korxonalarda ishlovchi nogironlar mehnatiga haq to‘lash fondi qismida yuridik shaxslarga;b) notijorat tashkilotlariga, shu jumladan, byudjet tashkilotlariga;v) xodimlar soni va mehnatga haq to‘lash fondining eng kam me’yorlari belgilangan chakana savdo, umumiy ovqatlanish va qurilish sohasidagi tashkilotlarga;g) yangidan tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlariga, davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanadan boshlab 6 oy davomida, agar mazkur muddatda ular o‘z ehtiyojlari uchun obyektlar qurgan taqdirda, qurib bitkazilgan obyektni qabul qilish hujjati tasdiqlangan sanasidan boshlab 6 oy o‘tgungacha, biroq ularning davlat ro‘yxatidan o‘tganidan so‘ng bir yildan ko‘p bo‘lmagan davrda. Bunda, yangidan tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari, ular davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanasidan 6 oylik muddat tugagan oyning keyingi oyidan boshlab, o‘z ehtiyojlari uchun obyektlar quruvchilar esa – qurib bitkazilgan obyektni qabul qilish hujjati tasdiqlangan sanadan 6 oylik yoki davlat ro‘yxatidan o‘tganidan so‘ng bir yillik muddat tugagan oyning keyingi oyidan boshlab, ushbu Nizomning 1-bandida ko‘rsatilgan YaITning eng kam miqdorini hisobga olgan holda YaITni to‘laydilar.Yuqoridagilardan kelib chiqib, korxona xodimiga necha ish kuni ishlashidan qat’i nazar korxona tomonidan mehnatga haq to‘lashning Yagona tarif setkasi bo‘yicha birinchi razryaddan kam bo‘lmagan miqdorda mehnat haqi, ya’ni 322474 so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda ish haqi hisoblanishi hamda korxona tomonidan ushbu ish haqidan belgilangan tartibda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va sug‘urta badali hamda eng kam me’yorni inobatga olgan holda yagona ijtimoiy to‘lov hisoblanishi lozim.

Комментариев нет:

Отправить комментарий