пятница, 4 марта 2016 г.

Yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyat turlari bo’yicha 2016 yil uchun qat’iy belgilangan soliq stavkalari


Yakka tartibdagi tadbirkorlarni soliqqa tortish masalalari hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar shug’ullanishi mumkin bo’lgan har bir faoliyat turlari bo’yicha qat’iy belgilangan soliq stavkalari miqdorlarini jadval ko’rinishida taqdim etamiz. Avval masalaning ayrim jihatlarga to’xtalib o’tsak. Yakka tartibdagi tadbirkorlar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 7 yanvardagi 6-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shug’ullanishi mumkin bo’lgan faoliyat turlari ro’yxati» hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 28 martdagi PF-3588-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan «Xalq badiiy hunarmandchiliklari va amaliy-bezak san’ati buyumlari asosiy turlarining yangilangan ro’yxati» bo’yicha belgilangan faoliyat turlarini amalga oshirishlari mumkin. O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 375-moddasiga asosan soliq to’lovchining kalendar oyida ishlagan kunlari sonidan qat’i nazar, qat’iy belgilangan soliq tadbirkorlik faoliyatining turi va soliq to’lovchining faoliyatni amalga oshirish joyiga qarab belgilangan stavkalar bo’yicha to’lanadi. Faoliyatning bir necha turi bilan shug’ullanuvchi soliq to’lovchilar qat’iy belgilangan soliqni faoliyatning har bir turi uchun mazkur turdagi faoliyatga nisbatan belgilangan stavkalar bo’yicha alohida-alohida to’laydilar. Agar faoliyat amalga oshirilgan joy uchun qat’iy belgilangan soliq stavkalari davlat ro’yxatidan o’tkazilgan joy uchun belgilangan stavkalardan farq qilsa, qat’iy belgilangan soliq eng yuqori stavka bo’yicha to’lanadi. Yangi ro’yxatdan o’tgan yakka tartibdagi tadbirkor, shu jumladan, oilaviy tadbirkorlik sub’ekti qat’iy belgilangan soliqni yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro’yxatidan o’tkazilgan oydan keyingi oydan boshlab to’laydi. Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari kollejni tamomlagandan keyin o’n ikki oy ichida yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro’yxatidan o’tgan taqdirda, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro’yxatidan o’tgan sanadan e’tiboran qat’iy belgilangan soliqni to’lashdan olti oy muddatga ozod etiladi.  Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro’yxatidan o’tilgan paytdan boshlab o’n ikki oy ichida faoliyat tugatilgan taqdirda, qat’iy belgilangan soliq faoliyat amalga oshirilgan butun davr uchun to’lanadi. Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat’iy belgilangan soliq stavkalari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 22 dekabrdagi «O’zbekiston Respublikasining 2016 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari va Davlat byudjeti parametrlari to’g’risida»gi PQ-2455-sonli qarorining 11-12-ilovalarida belgilangan.  Xususan, 11-ilovada faoliyatning ayrim turi, ya’ni bolalar o’yin avtomatlari faoliyati uchun, 12-ilovada esa chakana savdo, maishiy xizmatlar, avtomobil transportida yuk tashishga oid xizmatlar hamda boshqa faoliyat turlari uchun soliq stavkalar belgilangan. Qat’iy belgilangan soliq stavkalari yil boshiga – 2016 yil 1 yanvariga belgilangan eng kam ish haqidan (130240 so’m) kelib chiqib aniqlanadi va eng kam ish haqi miqdori yil davomida o’zgarganda qayta ko’rib chiqilmaydi. Soliq kodeksining 311-moddasiga asosan yakka tartibdagi tadbirkorlar kalendar oyida ishlagan kunlari sonidan qat’i nazar, sug’urta badallarini majburiy tartibda oyiga eng kam ish haqidan kam bo’lmagan miqdorda to’laydilar. Shuningdek, yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi oilaviy tadbirkorlik sub’ektining yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro’yxatdan o’tgan oila a’zosi oyiga eng kam ish haqidan kam bo’lmagan miqdorda, oilaning boshqa a’zolari tomonidan oyiga eng kam ish haqining 50 foizi miqdorida sug’urta badali to’lanadi. Yangi ro’yxatdan o’tgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik shaklidagi faoliyatni amalga oshiruvchi oila a’zolari tomonidan sug’urta badallarini to’lash ular yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro’yxatidan o’tkazilgan oydan keyingi oydan boshlab amalga oshiriladi. Xususiy tadbirkor xodimlarni yollashni Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 7 yanvardagi 6-sonli qarori bilan tasdiqlangan Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shug’ullanishi mumkin bo’lgan faoliyat turlari ro’yxatida nazarda tutilgan faoliyatning amalga oshiriladigan turiga bog’liq holda bir nafardan uch nafargacha miqdorda amalga oshirish huquqiga ega. Xususan, yakka tadbirkorlar chakana savdo sohasida bir nafar, hunarmandchilik faoliyatlari hamda maishiy xizmat sohasida uch nafargacha, faoliyatning boshqa turlari bo’yicha 2 nafargacha xodimlarni yollashlari mumkin. Biroq litsenziyalanadigan faoliyat turlari, ya’ni «Axborotning kriptografik himoyasi vositalarini loyihalash, yaratish, ishlab chiqarish, sotish, ta’mirlash va ulardan foydalanish», «Kontsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish», «Veterinariya faoliyati», «Yuklarni avtomobil transportida tashish», «O’simlik, hayvonlar va minerallardan tayyorlangan dorivor xom ashyoni etishtirish, yig’ishtirish, tayyorlash, qadoqlash va ulgurji sotish», «Rieltorlik faoliyati» hamda «Ekskursiya xizmatlari ko’rsatish bo’yicha turizm faoliyati» turlarini amalga oshiruvchi yakka tadbirkorlar faoliyatining asosiy turi bo’yicha yordamchi ishlarni bajarish uchun bir nafar xodimni yollashlari mumkin. Yakka tartibdagi tadbirkorga o’z majburiyatlari bo’yicha soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lash bilan bir qatorda har bir xodim uchun quyidagilarni: Byudjetdan tashqari pensiya jamg’armasiga sug’urta badallarini – har oyda eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida; qat’iy belgilangan soliqni – yakka tadbirkor tomonidan amalga oshiriladigan faoliyat bo’yicha nazarda tutilgan belgilangan stavkaning 30 foizi miqdorida to’lash majburiyati yuklatilgan. Yakka tartibdagi tadbirkorlar shug’ullanishi mumkin bo’lgan faoliyat turlari bo’yicha qat’iy belgilangan soliq stavkalarini quyidagi jadval shaklida ko’rishingiz mumkin.
T/R
Faoliyat turi
Toshkent shahri
Nukus shahri va viloyat bo’ysunuvidagi shaharlar
boshqa aholi punktlari

Chakana savdo:



1
Oziq-ovqat tovarlari bilan chakana savdo qilish (o’simlik moyi, alkogolli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini sotishdan tashqari)
1172160
781440
390720
2
Dehqon bozorlarida qishloq xo’jaligi mahsulotlarini chakana sotish*
651200
520960
260480
3
Nooziq-ovqat tovarlarini chakana sotish (neft mahsulotlarining barcha turlarini, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar yoxud bunday materiallar qo’llanilgan buyumlarni, audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni, yangi import avtomobillar va farmatsevtika tovarlarini sotish bundan mustasno)
1302400
846560
390720
4
Gazetalar, jurnallar va kitob mahsulotlari bilan chakana savdo qilish
651200
390720
65120
5
Oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlarini chakana sotish (turg’un shoxobchalarda aralash savdo qilish)
1302400
846560
390720
6
Tovarlarni import qilish va chakana sotish(1-5 qatorlarda ko’rsatilgan faoliyat turlariga belgilangan stavkalardan kelib chiqib hisoblanadi)




Qonun hujjatlarida belgilangan ro’yxat bo’yicha hunarmandchilik faoliyati**




Maishiy xizmatlar:



7
Sartaroshlik xizmatlari, manikyur, pedikyur, kosmetolog xizmatlari va shunga o’xshash boshqa xizmatlar
455840
195360
65120
8
Kir yuvish, quruq va kimyoviy tozalashni tashkil etish, shuningdek dazmollash xizmatlari***
455840
195360
65120
9
Gilam va gilam buyumlarini ta’mirlash va tozalash
455840
195360
65120
10
Tikuv, mo’yna, charm va trikotaj buyumlarni, bosh kiyimlarni, to’qimachilik galantereyasidan tikilgan buyumlarni ta’mirlash va tikish, shu jumladan, deraza va eshik pardalari tikish, trikotaj buyumlarni to’qish
455840
195360
65120
11
Hayvonlar terilari, mo’yna, to’qimachilik, charm buyumlar va boshqa buyumlarni oshlash va bo’yash
455840
195360
65120
12
Yakka buyurtmalar bo’yicha poyabzal tayyorlash va tikish, poyabzalni ta’mirlash, bo’yash va tozalash
455840
195360
65120
13
ttorlik buyumlarini tayyorlash va ta’mirlash
455840
195360
65120
14
Bijuteriya va jevaklarni tayyorlash va ta’mirlash
455840
195360
65120
15
Kalitlar tayyorlash
455840
195360
65120
16
Metall va tunuka buyumlar tayyorlash va ta’mirlash
455840
195360
65120
17
Motam gulchambarlari, sun’iy ranglar, girlyand tayyorlash
455840
195360
65120
18
To’siqlar, haykallar, metalldan yasalgan gulchambarlarni tayyorlash va ta’mirlash
455840
195360
65120
19
YOg’ochdan (mebeldan tashqari) va alyuminiy (plastik) profildan eshik, deraza va boshqa buyumlar tayyorlash
455840
195360
65120
20
Inventarni (xo’jalik, sport, baliqchilik va hokazo inventar) ta’mirlash va tayyorlash
455840
195360
65120
21
Kesuvchi buyumlar va asboblarni charxlash
455840
195360
65120
22
Mebelni yig’ish va ta’mirlash
455840
195360
65120
23
Musiqa asboblarini ta’mirlash va sozlash
455840
195360
65120
24
Yakka buyurtma bo’yicha qimmatbaho metallardan va toshlardan zargarlik buyumlarini yasash, shuningdek zargarlik buyumlarini ta’mirlash
455840
195360
65120
25
Optika, soatlarni ta’mirlash va o’ymakorlik ishlari
455840
195360
65120
26
Radioelektron apparatlar, maishiy mashinalar, maishiy priborlar, ofis mashinalari va hisoblash texnikasini ta’mirlash, o’rnatish va ularga texnik xizmat ko’rsatish
455840
195360
65120
27
Transport vositalarini ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko’rsatish, shu jumladan, transport vositalariga texnik xizmat ko’rsatish xizmatlarining boshqa turlari (akustik tizimlar va qo’riqlash signallarini ta’mirlash va o’rnatish, yuvish, tekislash, kuzovga himoya va bezak qoplamalari qoplash, salonni tozalash va shunga o’xshash boshqa xizmatlar)
455840
195360
65120
28
Sanitariya-texnika xizmatlari va payvandlash ishlari
455840
195360
65120
29
Shisha va oynalarni qirqish, shishaga badiiy ishlov berish
455840
195360
65120
30
Binolarga oyna o’rnatish xizmatlar
455840
195360
65120
31
Jamoat hojatxonalari xizmatlari
455840
195360
65120
32
Hammom va sauna xizmatlari
455840
195360
65120
33
Turarjoylarni yig’ishtirish xizmatlari
455840
195360
65120
34
Hovlilar va bog’larga qarash xizmatlari, shuningdek ko’kalamzorlashtirish ishlari
455840
195360
65120
35
Bog’lar, polizlar va dov-daraxtlarni zararkunandalar va kasalliklardan himoya qilish
455840
195360
65120
36
Videoga olish va fotosuratga olish xizmatlari
455840
195360
65120
37
Xo’jalik mollari va uy-ro’zg’or buyumlarini (mebel, idish-tovoqlar, xo’jalik, sport, baliqchilik anjomlari, maishiy texnika, priborlar va boshqalarni) ijaraga berish
455840
195360
65120

Faoliyatning boshqa turlari:



38
Milliy shirinliklar, non-bulka va qandolatchilik mahsulotlari, pop-korn, frezerda muzqaymoq, salatlar va tuzlamalar tayyorlash va sotish, shuningdek uy sharoitlarida yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan ajratilgan maxsus joylarda o’tirish joylari tashkil etmasdan donalab sotiladigan taomlarning ayrim turlarini tayyorlash
260480
195360
130240
39
O’lchov vositalari tayyorlash va ularni prokatga berish
260480
195360
130240
40
Qurilish, ta’mirlash va bezash bo’yicha alohida ishlarni bajarish (kapital qurilish, qurilish-montaj ishlari bo’yicha yuridik shaxslarga xizmat ko’rsatishdan tashqari)
260480
195360
130240
41
Repetitorlik xizmatlari
260480
195360
130240
42
Tarjima xizmatlari, tahrir xizmatlari
260480
195360
130240
43
Tarjima xizmatlari, tahrir xizmatlari
260480
195360
130240
44
Bolalarning o’yinchoq avtomatlari bilan bog’liq xizmatlar (Har bir jihozlangan o’rinlar soniga nisbatan)
390720
260480
130240
45
Axborotning kriptografik himoyasi vositalarini loyihalash, yaratish, ishlab chiqarish, sotish, ta’mirlash va ulardan foydalanish
260480
195360
130240
46
Dizayn bo’yicha xizmatlar (grafik, interer, mebel va hokazolar), shuningdek chizmachilik-grafika ishlari, shuningdek rassomlik san’ati
260480
195360
130240
47
Kompyuter dasturlarini ishlab chiqish xizmatlari, kompyuter o’yinlarini tashkil etish, shuningdek kompyuter yordamida matnlarni terish va bosib chiqarish xizmatlari, matndan nusxa olish va ko’paytirish bilan bog’liq xizmatlar
260480
195360
130240
48
Tashrif qog’ozlari va taklifnoma biletlarini tayyorlash va bosish
260480
195360
130240
49
Muqovalash ishlari
260480
195360
130240
50
Reklamani ishlab chiqish va joylashtirish
260480
195360
130240
51
Sug’urta agentlari tomonidan ko’rsatiladigan xizmatlar
260480
195360
130240
52
Kontsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish****



53
Tantanali marosimlarni tashkil etish xizmatlari (to’y, yubiley, tug’ilgan kun va hokazolar)
260480
195360
130240
54
Ko’ylak va kostyumlarni, shuningdek ularga aksessuarlarni prokatga berish
260480
195360
130240
55
Ijtimoiy xizmatlar (bolalar, bemorlar va keksa kishilarga qarash xizmatlari)
260480
195360
130240
56
Jismoniy tarbiya-sog’lomlashtirish faoliyati (sheyping, aerobika, sport sektsiyalari, salomatlik guruhlari), trenerlik xizmatlari
260480
195360
130240
57
Tulumni shishirish xizmatlari (taksidermik ishlar)
260480
195360
130240
58
Tegirmonlarda donni maydalash (tozalash) xizmatlari
260480
195360
130240
59
Mol so’yish xizmatlari
260480
195360
130240
60
Uy hayvonlariga qarash xizmatlari
260480
195360
130240
61
Veterinariya faoliyati
260480
195360
130240
62
Yo’lovchilar va yuklarni daryo transportida tashish
260480
195360
130240
63
O’simlik, hayvonlar va minerallardan tayyorlangan dorivor xom ashyoni etishtirish, yig’ishtirish, tayyorlash, qadoqlash va ulgurji sotish
260480
195360
130240
64
Gullar va dekorativ daraxtlar etishtirish va sotish
260480
195360
130240
65
Akvarium baliqlari, dekorativ qushlar va boshqa hayvonlarni ko’paytirish va sotish
260480
195360
130240
66
Shisha idishlar va ikkilamchi xom ashyoni qabul qilish xizmatlari (metall chiqindilaridan tashqari)
260480
195360
130240
67
Rieltorlik faoliyati
260480
195360
130240
68
Jismoniy va yuridik shaxslarga maxsus texnikadan (traktorlar, avtokranlar, buldozerlar, ekskavatorlar va boshqalardan) foydalangan holda xizmatlar ko’rsatish
260480
195360
130240
69
Ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologik ishlar uchun pudrat shartnomasi bo’yicha ishlarni bajarish
260480
195360
130240
70
Matritsali printerlar va alfavit-raqam yozadigan qurilmalar uchun bo’yovchi tasmalarni tayyorlash va qayta ishlash
260480
195360
130240
71
Qog’ozlar va skorosshivatellar uchun konvertlar, papkalar tayyorlash
260480
195360
130240
72
Telekommunikatsiyalar operatorlariga, provayderlariga vositachilik xizmatlari ko’rsatish (abonentlar yoki xizmatlar ko’rsatuvchilarga ma’lumot-axborot xizmati ko’rsatish, xizmat ko’rsatuvchilarning xizmati uchun to’lovlarni qabul qilish)
260480
195360
130240
73
Tashkilotlar uchun qishloq xo’jaligi mahsulotlari (xom sut, sabzavotlar, mevalar, asal, teri va mo’yna) tayyorlash bo’yicha xizmatlar
260480
195360
130240
74
Paxta (ilgari iste’molda bo’lgan) va jun tozalash hamda titish xizmatlari
260480
195360
130240
75
Ekskursiya xizmatlari ko’rsatish bo’yicha turizm faoliyati
260480
195360
130240
76
Yuklarni avtomobil transportida tashish: 3 tonnagacha yuk ko’tarish quvvatiga ega yuk avtomobillari uchun 260480, 8 tonnagacha yuk ko’tarish quvvatiga ega yuk avtomobillari uchun 390720, 8 tonnadan ortiq yuk ko’tarish quvvatiga ega yuk avtomobillari uchun 52096063.

*) Uy xo’jaligi, shu jumladan, dehqon xo’jaligida parvarishlangan tirik hayvonlarni (chorva mollari, parrandalar, mo’ynali va boshqa hayvonlar, baliqlar va boshqalar) hamda ularni so’yib, xom yoki qayta ishlangan ko’rinishdagi mahsulotlarni, sanoatda qayta ishlashdan tashqari, chorvachilik, asalarichilik va dehqonchilik mahsulotlarini tabiiy va qayta ishlangan ko’rinishda (manzarali bog’dorchilik (gulchilik) mahsulotlaridan tashqari) sotish bundan mustasno. Soliq solishdan ozod etish soliq to’lovchi tomonidan davlat hokimiyatining joylardagi tegishli organi, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi, bog’dorchilik, uzumchilik yoki polizchilik shirkati boshqaruvi tomonidan berilgan, sotilgan mahsulot soliq to’lovchi tomonidan unga yoxud uning oila a’zolariga ajratilgan er uchastkasida etishtirilganligini tasdiqlovchi belgilangan shakldagi hujjatni taqdim etish sharti bilan amalga oshiriladi.
**) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 30 martdagi «Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’atini rivojlantirishni yanada qo’llab-quvvatlash to’g’risida»gi PF-4210-sonli Farmonida uy sharoitida xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’ati buyumlarini ishlab chiqarish bo’yicha «Hunarmand» uyushmasi a’zolari – yakka tartibdagi tadbirkorlarga belgilangan qat’iy soliqni to’lash yuzasidan soliq imtiyozining amal qilish muddati O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 26 dekabrdagi PF-4589-sonli Farmoniga asosan 2017 yilning 1 yanvarigacha uzaytirilgan.
***) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 maydagi «O’zbekiston Respublikasida 2012-2016 yillarda xizmat ko’rsatish sohasini rivojlantirish dasturi to’g’risida»gi PQ-1754-sonli qaroriga asosan 2012 yilning 2-choragidan boshlab, qishloq joylarda yakka tartibdagi uy-joy qurilishi asosida barpo etilayotgan massivlarda kirxona xizmatlarini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar 5 yil muddatga qat’iy belgilangan soliqni to’lashdan ozod etilgan.
****) O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 390-moddasiga asosan Kontsert-tomosha faoliyati bilan shug’ullanish huquqi uchun davlat boji to’lovchi jismoniy shaxslar mazkur faoliyat turi bo’yicha qat’iy belgilangan soliq to’lashdan ozod etilgan.

Комментариев нет:

Отправить комментарий