Qaysi faoliyat turi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish lozim?
Oila a’zolarim bilan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bilan shug‘ullanmoqchimiz. Aytingchi, buning uchun yakka tartibdagi tadbirkorlikning qaysi faoliyat turi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishim lozim? Umuman ushbu faoliyat uchun to‘lanadigan soliqlar va imtiyozlar haqida to‘liq ma’lumot bersangiz
O‘zbekiston Respublikasida yakka tartibdagi tadbirkorlar o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 7 yanvardagi «Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 6-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxati» hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 28 martdagi «Xalq badiiy hunarmandchiliklari va amaliy san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-3588-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan «Xalq badiiy hunarmandchiliklari va amaliy-bezak san’ati buyumlari asosiy turlarining yangilangan ro‘yxati» asosida amalga oshiradilar.Mazkur ro‘yxatlarda yakka tartibdagi tadbirkorlarning qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bo‘yicha faoliyat turi qayd etilmagan.O‘zbekiston Respublikasining «Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida»gi Qonuniga asosan, dehqon xo‘jaligi oilaviy mayda tovar xo‘jaligi bo‘lib, oila a’zolarining shaxsiy mehnati asosida, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish uchun oila boshlig‘iga berilgan tomorqa yer uchastkasida qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtirishi va realizatsiya qilishi belgilangan.Shuningdek, mazkur Qonunga muvofiq, dehqon xo‘jaligi ixtiyoriylik asosida tuziladi hamda fuqaroga belgilangan tartibda yer uchastkasi berilganidan va dehqon xo‘jaligi davlat ro‘yxatiga olinganidan keyin tashkil etilgan, deb hisoblanadi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 24 maydagi «Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatiga olish va hisobga qo‘yishning xabardor qilish tartibini joriy etish to‘g‘risida»gi PQ-357-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatiga olish va hisobga qo‘yishning xabardor qilish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga asosan dehqon xo‘jaligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun hokimliklar huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish inspeksiyalariga davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqidagi ariza-xabarnomaga quyidagilar ilova qilinadi:1. Yuridik shaxs shaklidagi dehqon xo‘jaligi uchun:- davlat tilidagi ustavning ikki asl nusxasi;- firma nomlarining markazlashtirilgan ma’lumotlar bazasida qulay firma nomi zaxiraga olinganligini tasdiqlaydigan yagona login va parol;- ikki nusxada muhr va shtamp eskizlari;- tuman hokimining yer uchastkasi ajratib berish to‘g‘risidagi qarori nusxasi.2. Yuridik shaxs bo‘lmagan dehqon xo‘jaligi uchun:- dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkasi ajratib berish to‘g‘risidagi qaror;- ikki nusxada muhr va shtamp eskizlari (arizachining xohishiga ko‘ra);- pasport nusxasi.Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun hujjatlar Tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish inspeksiyaga dehqon xo‘jaligi rahbari shaxsan o‘zi kelgan holda, pochta aloqasi yoki Internet tarmog‘i orqali taqdim etilishi mumkin.Ma’lumot uchun:Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun hujjatlarni internet orqali taqdim etish»Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali» orqali amalga oshiriladi.Ta’kidlash joizki, dehqon xo‘jaliklarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi uchun davlat boji olinmaydi.O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 383-moddasiga asosan yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo‘jaliklari soliq to‘lovchi jismoniy shaxslar uchun nazarda tutilgan tartibda soliqlar hamda boshqa majburiy to‘lovlar to‘laydi.Xususan, quyidagi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘laydi:1) jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i;2) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;3) jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq;4) bojxona to‘lovlari;5) davlat boji;6) avtotransport vositalarini olganlik va (yoki) vaqtinchalik olib kirganlik uchun Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘im.Dehqon xo‘jaligi a’zolari qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtirish, o‘zlari yetishtirgan mahsulotni qayta ishlash va realizatsiya qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan faoliyat bilan shug‘ullangan taqdirda, ular yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida ro‘yxatdan o‘tishlari hamda faoliyat turi va amalga oshirish joyidan kelib chiqib qat’iy belgilangan soliq va sug‘urta badallarini to‘lashlari shart.Shuningdek, Soliq kodeksining 311-moddasiga asosan yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo‘jaliklarining a’zolari sug‘urta badallarini yiliga eng kam ish haqining to‘rt yarim baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda to‘laydi. Bunda dehqon xo‘jaligining boshlig‘i sug‘urta badallarini majburiy tartibda, boshqa a’zolari esa, ixtiyoriylik asosida to‘laydi. Belgilangan miqdordagi sug‘urta badallarining to‘lanishi dehqon xo‘jaligi a’zosining mehnat stajini hisoblab chiqarishda bir yil deb hisobga olinadi.Shu bilan birga, Soliq kodeksining 179-moddasiga muvofiq, uy xo‘jaligida, shu jumladan, dehqon xo‘jaligida yetishtirilgan hayvonlarni (qoramol, parranda, mo‘ynali va boshqa hayvonlar, baliq va boshqalarni) tirik holda hamda ularni so‘yib, mahsulotlarini xom yoki qayta ishlangan holda, sanoatda qayta ishlashdan tashqari, tabiiy va qayta ishlangan chorvachilik, asalarichilik va dehqonchilik mahsulotlarini sotishdan olinadigan daromadlar (bundan manzarali bog‘dorchilik (gulchilik) mahsulotlari mustasno) jismoniy shaxslarning soliq solinmaydigan daromadlari tarkibiga kiritilgan.Mazkur daromadlar soliq to‘lovchi tegishli mahalliy davlat hokimiyati organi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi, bog‘dorchilik, uzumchilik yoki polizchilik shirkatlarining boshqaruvlari tomonidan berilgan, realizatsiya qilingan mahsulot soliq to‘lovchi tomonidan unga yoki uning oila a’zolariga ajratilgan yer uchastkasida yetishtirilganligini tasdiqlovchi belgilangan shakldagi hujjatni taqdim etgan taqdirda, soliq solishdan ozod qilinadi.Yuqoridagilardan kelib chiqib, jismoniy shaxslar qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishni uy xo‘jaligida yoki dehqon xo‘jaligi shaklida amalga oshirishlari mumkin.
Комментариев нет:
Отправить комментарий